Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent havosi ifloslanishi bo'yicha dunyoda 1-o'rinda ekan | Dilnur A'zamov

Toshkent havosi ifloslanishi bo'yicha dunyoda 1-o'rinda ekan

Poytaxt hokimi ko'tarilgan changdagi qumlarni bizniki emas, Qozog'istonning qumlari debdi.

Innovatsiya vazirligining aytishicha esa, bu changlar inson salomatligi uchun zararli emas ekan.

Zo'r!

Navbatdagi izohlarda "Biz endi shu chang bilan kelishib yashashni, shu sharoitda ishlashni o'rganishimiz kerak!" degan fikrlar ham yangrab qolishi mumkin... Har holda ehtimoli bo'lishi mumkin-ku.

Fuqarolik jamiyati uyg'oq va ularni shunchaki "demonstratsiya" uchun emas, balki haqiqatda rivojlanish yo'lida qo'llab-quvvatlagan, ularning fikrini eshitgan davlatlarda bu kabi jarayonlar yuz berganda kamchiliklarga yo'l qo'ygan amaldorlar iste'fo berishadi. O'zimizda shu paytgacha men ishimni eplolmayapman, kamchiliklarim ko'payib ketdi deb, iste'fo bergan amaldorlarni hozircha ko'rmadik...

P.S. tag'in bilmadim..