Get Mystery Box with random crypto!

Nomarkazlashtirish tomon tashlangan muhim qadamlardan biri: 20 | Dilnur A'zamov

Nomarkazlashtirish tomon tashlangan muhim qadamlardan biri: 2023-yil 1-yanvardan “Mahalla budjeti” tizimi yo‘lga qo‘yilishi aytildi.

Maqsad – har bir mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi. Kelgusi yil 1-yanvardan boshlab har bir viloyatning bittadan tumanida tajriba tariqasida aholining mol-mulk va yer solig‘ini undirish mahallaning o‘ziga o‘tkaziladi. Bunda:

- undirilgan mol-mulk va yer solig‘i mahalla budjetida qoladi;

- har yili 1-fevralga qadar hokimlar mahalla raisi va hokim yordamchilari bilan birga mahalla budjeti hisobidan hal qilinadigan loyihalar ro‘yxatini tuman Kengashlariga tasdiqlash uchun kiritadi;

- 2023-yil yakunida ushbu tajriba barcha hududlarda joriy qilinadi.