Get Mystery Box with random crypto!

Dilnura Madaminova | kitobxonlik tomon

Telegram kanalining logotibi dilnuramadaminova — Dilnura Madaminova | kitobxonlik tomon D
Telegram kanalining logotibi dilnuramadaminova — Dilnura Madaminova | kitobxonlik tomon
Kanal manzili: @dilnuramadaminova
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 677
Kanalning ta’rifi

Kitobxonlik tomon Dilnura Madaminova bilan;
Urganch davlat universiteti talabasi;
"Yosh kitobxon" tanlovi ishtirokchisi;
Kitobxon bloger.
Reklama uchun: @yoshkitobxonl1

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-04 20:50:14
#davom_etamiz

Alixonto'ra Sog'uniy
101 viewsedited  17:50
Ochish/sharhlash
2023-01-04 20:37:42
#davom_etamiz

O'tkir Hoshimov
100 viewsedited  17:37
Ochish/sharhlash
2023-01-04 19:42:06
Kimligini toping !

Tog'ay Murod
117 viewsedited  16:42
Ochish/sharhlash
2023-01-03 14:19:50 Tolstoy
Rasul Hamzatov
Xeminguyey
Jon Steynbek
127 viewsedited  11:19
Ochish/sharhlash
2023-01-03 13:14:36Benihoyat uzundir umr,
Bittagina oq ko‘ylagim bor.


Ushbu satrlarni yozgan payti A’zam 24 yoshlardagi yigit edi (1984). Bu yoshda umr g‘oyatda uzun, imkoniyatlar cheksizdek tuyuladi. 



A’zamning “Yakshanba” she’ri ham saksoninchi yillarning ikkinchi yarmida avj olgan “O‘zbeklar ishi” tufayli otalari qamalib ketgan bolalarga achinish tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan:

Qarashga holim yo‘q ko‘zlariga tik,
Ular ham boshlarin quyi solarlar.
Ko‘zlarda g‘azabmi, uyatmi, hadik,
Jim yurar otasi badnom bolalar…


Uning “Yakshanba” she’ri Yeseninning “Qarovsiz Rus” she’riga hamohang. Yesenin bu she’rida Lenin boshchiligidagi bolshovoylar davlat to‘ntarishini amalga oshirganidan so‘ng shaharlarda Oliver Tvist singari yetim va qarovsiz bolalar ko‘payib ketganligi, ularning orasida qanchadan-qancha iqtidor sohiblari bo‘lib, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatish mavjud hukumatning eng dolzarb vazifalaridan biriligi, ularning kelajagi davlat va xalqning kelajagi ekanligini ta’kidlaydi.


“Haq so‘zni bitmoqqa sarflangan siyoh
Jangda tomgan qondek qadrli bo‘lar!”
(A’zam O‘ktam)


A’zamning ko‘plab she’rlari biror savolga yoki savollar karvoniga asoslangan holda yoziladi yoki savol berish bilan tugaydi:

…O‘zingni kim deya bilding dunyoga?

…Qaysi yo‘lga kiribman,
Qay sori ketti pirim?

…Barin javobin so‘raganingda,
Yuzingga qandoq qarayman?



A’zam O‘ktamni ijodkor va inson sifatida yaqindan biladigan hassos ustozlarimizdan biri u haqda: “…o‘z tengdoshlari ichida birinchi galda to‘g‘riligi bilan ajralib turardi. Keyin fidoyiligi, keyin kamgapligi aa kamtarligi bilan… A’zam va u kabilar tirik bo‘lganida edi, dunyomiz chiroyi yanada boshqacha bo‘lardi balki. She’rlari hamto‘g‘rilik namunasi edi”, deganida ko‘plarning ko‘nglidagi gaplarni aytgan.



A’zam O‘ktam bu dunyoda ko‘p emas, 42 yil yashadi. Ammo shoirdan ibratli faoliyat va yaxshi ijodiy meros qoldi.
98 viewsedited  10:14
Ochish/sharhlash
2023-01-03 13:08:35 A’ZAM O’KTAM (1960-2002)
Xudoyberdiyev A'zamjon O'ktamovich

A’zam O’ktam (A’zam Xudoyberdiev) 1960 yil 4 oktyabrda Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida tug‘ilgan.

ToshDUning jurnalistika fakultetini bitirgan (1985).

«Kuzda kulgan chechaklar» (1989), «Kuzatish» (1990),
«Ziyorat» (1992),
«Taraddud» (1993),
«Ikki dunyo saodati» (1998),
«Qirqinchi bahor» (2000) she’riy to‘plamlari nashr etilgan.

«Bola dunyoni tebratar» (1988), «Xabar» (1995) kabi nasriy asarlar muallifi.

A’zam “Cho‘lpon” nashriyotida muharrir bo‘lib ishlagan

Rabindranat Tagor va Nikolay Rubtsovning turkum she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

2002-yili Toshkent shahrida vafot etgan.

A'zam O'ktam she'rlarida ajib bir latiflik kutilmagan shiddatli yakunlar bilan uyg'unlashib ketadi. Uning tili ham ravon, ham keskin.


E'tirof

…Kamina xodimingizni ham she’r va shoirlar, umuman she’rxonlik masalalari ko‘pdan buyon o‘ylantirib keladi. Bu o‘y, mulohazalarni yuzaga chiqarish, ko‘pchilik bilan baham ko‘rish istagi muhtaram shoirimiz A’zam O‘ktamning “Taraddud” deb nomlangan kitobini o‘qiganimdan keyin qat’iylashdi… Uni o‘qidim, ko‘pdan beri o‘ylab, izlab yurganim she’riyatga duch kelganday bo‘ldim…
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

O‘zbek she’riyati bog‘ida A’zam O‘ktam daraxtini tez ilg‘ab olasiz. Bu daraxt ko‘p zamonlar ajoyibu g‘aroyib mevalarini armug‘on qilajak. Bu daraxt bog‘ni sarg‘aytirib qo‘ymaydi, doim qayta tug‘ilib, qayta o‘lib, qayta tirilib, shovullab turaveradi.
Rauf Parfi
91 viewsedited  10:08
Ochish/sharhlash
2023-01-03 13:08:07
83 views10:08
Ochish/sharhlash
2023-01-03 13:06:24
#Lirik_chekinish

4-oktabr — o‘zbek xalqining dovyurak, matonatli, so‘zi bilan amali bir bo‘lgan shoiri A’zam O‘ktam tavallud topgan kun!

QANOAT

Asl aybim –
Tekis yoʻlda qoqinmoqdir.
Asl baxtim –
Oʻzing koʻrmay sogʻinmoqdir.
Yer-u koʻkdan mudom izlab
Xato qildim.
Seni topmoq yoʻli –
Doim topinmoqdir.

Aʼzam OʻKTAM

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube
66 views10:06
Ochish/sharhlash