Get Mystery Box with random crypto!

​Maktab oʻquvchilarining vaqtlarini behuda oʻtkazmaydigan inte | Dilnura Madaminova | kitobxonlik tomon

Maktab oʻquvchilarining vaqtlarini behuda oʻtkazmaydigan internet manbalari. Kattalar uchun ham foydali

Barcha sovgʻalar ochilgan, salatlar yeyilgan, yangi yil dasturlari esa allaqachon koʻrib chiqilgan boʻlsa, ta'til kunlaringizda zerikmaslik uchun butun oila bilan vaqtingizni qiziqarli va mazmunli oʻtkazishingiz mumkin boʻlgan saytlarga tashrif buyurishingizni taklif qilamiz.

Akinator - har qanday qahramon yoki taniqli shaxsni taxmin qilsangiz, dastur uni topadigan sayt. Istalgan multfilm qahramoni, kino aktyori yoki aktrisasi, musiqachi yoki blogger haqida oʻylang, asosiy savollarga javob bering va siz natijani olasiz.

Dinosaurpictures - millionlab yillar oldin Yerimiz qanday koʻrinishga ega boʻlganini koʻrsatuvchi sayt. Sayt orqali Yerni aylantirishingiz, vaqt oraligʻini tanlashingiz hamda qit’alar va okeanlardagi oʻzgarishlarni oʻrganishingiz mumkin.

Monopoly Star - “Monopoliya” stol oʻyinini sevuvchilar uchun sayt. Agar haqiqatan ham ushbu stol oʻyinini oʻynashni istasangiz-u, sherigingiz boʻlmasa, shunchaki manba orqali roʻyxatdan oʻting va onlayn jamoaga qoʻshiling. Qiziqarli oʻyin tilaymiz)

Taste Atlas - dunyoning turli mamlakatlaridagi odamlarning didga boʻlgan afzalliklarini koʻrsatadigan veb-sayt. Agar Argentina, Koreya yoki Vetnamda odamlar nima yeyishi bilan qiziqsangiz, tezda saytga tashrif buyuring. Saytdagi xaritada turli mamlakat va shaharlar aholisi qanday ovqatlarni yaxshi koʻrishlari batafsil koʻrsatilgan. Ma’lumot oʻrnida, manbada hatto 13 xil oʻzbek oshi ham bor

Hayot kalkulyatori - tugʻilgan kuningizni kiriting va sayt sizning sayyorada qancha kun, soat va hatto soniya yashayotganingizni, hayotingizda necha marta koʻzingizni pirillatganingizni; agar sochingizni biror marta qirqmaganingizda, ularning uzunligi qancha boʻlishini; necha marta kulganingiz va boshqa koʻplab qiziqarli faktlarni koʻrsatadi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Яндекс Дзен