Get Mystery Box with random crypto!

Sog'inchning ismi bor, ammo ta'rifi yo'q menda. 'Tushintir', d | Dilims cosmos♡

Sog'inchning ismi bor, ammo ta'rifi yo'q menda.
"Tushintir", desalar masalan...
-Juda gaplashishni istaganingda
jim bo'lmoq kabi deyman...
Uyqing kelganida uxlay
olmaslik kabi, masalan...
Yoki juda och bo'lganingda
ro'za bo'lmoq kabi...
Charchoqdan o'lsang xam
o'tirib dam ololmaslik...
Yokida yomg'irda iliklaringga
qadar ho'l bo'lmoq kabi...
Belingni bukkan og'ir yukdan
xalos bo'la olmaslik...
Yoki qo'lingdagi parchani chiqarib
ota olmaslik kabi...
Va eng ko'p yuragingdagi buyuk bo'shliqni xech bir narsa bilan to'ldira olmaslik, deyman!
Men sog'inchni shunday tushintira olaman...