Get Mystery Box with random crypto!

Diydorlashish jannatlarda qoldi onajon! Yurak bag‘rimni ezar | 💔🥀DiL YaRaSi 🥀💔

Diydorlashish jannatlarda qoldi onajon!

Yurak bag‘rimni ezar hali hamon
Sog‘inch azobi kezar hali hamon
Tuwlarimga kiring ona har zamon
Diydorlawiw jannatlarda qoldi onajon!

Qabrininggiz oldida ko'zim yowlanar
O'ksingan yuragim sizni deb urar
Sizsiz keng nafasim bo'g‘zimga tiqilar
Diydorlawiw jannatlarda qoldi onajon!

Ko'zimda yow yuragim ezar g‘am
Sizni topolmayman oyu ko'kdan ham
Suratiz quchib yig‘layman har dam
Diydorlawiw jannatlarda qoldi onajon!

Suyanchig‘im bo'lar akalarim
Doim yonimda turar jigarlarim
Jondan kuyunuvchi mehribonlarim
Diydorlawiw jannatlarda qoldi onajon!

Yolg‘iz otam biz uchun tinim bilmadi
O'zlari qiynalsada bizga bildirmadi
Berganlarin hech ham minnat qilmadi
Diydorlawiw jannatlarda qoldi onajon!

Sizni tuwda ko'rmoqqa ham roziydim
Yonizda qolib uyg‘onmasam roziydim
Netay bu taqdir bariga sabr qilaman
Diydorlawiw jannatlarda qoldi onajon!