Get Mystery Box with random crypto!

Bir kuni ota va o'g'il toqqa kelishdi. O'g'il toshga urilib ke | Dilbar Ismatullayeva

Bir kuni ota va o'g'il toqqa kelishdi. O'g'il toshga urilib ketdi va baqirdi:

— Aaaaaa!
Aks-sado keldi:
— Aaaaaa!
Bola tovushdan hayron bo'lib so'radi:
— Siz kimsiz?
Yana aks-sado keldi:
— Siz kimsiz?
Bunday javobdan jahli chiqqan bola qattiqroq baqirdi:
— Ahmoq!
Yana sado keldi:
— Ahmoq!

Bola ajablanib otasidan so'radi:
— Nima bo'lyapti?
Ota jilmaygancha dedi:
— Meni diqqat bilan tingla.
Ota baqirdi:
— Men seni yaxshi ko'raman!
Sado keldi:
— Men seni yaxshi ko'raman!
— Sen eng yaxshisan.
— Sen eng yaxshisan.

Bola hayratlanishda davom etdi. Ota esa tushuntira boshladi:
— Buning nomi "aks-sado". Uni hayotga qiyoslasa ham bo'ladi. U senga har doim sen unga nima bersang o'shani qaytaradi. O'ylaganing, so'zlaganing va tilaganingni olasan.

So'ng ular yana yo'lda davom etdilar.