Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum. Bu metodni men dastlab sizdan o‘rganganman. | Dilafruz Xidoyatova

Assalomu alaykum. Bu metodni men dastlab sizdan o‘rganganman. Mana o‘rgangan davrimdan beri qo‘llab kelaman. 8-9-sinfda adabiyot darsligi bu yil sinf bo‘yicha 2-3 ta bor edi. Boshqa darslik berilmadi. O‘shanda hech ham faryod chekmay, buni muammo sanamay har yangi mavzuda, shoir, yozuvchilarning hayoti va ijodini xuddi shu metod asosida o‘tdim. Bolalar bilan bu metodni har gal tashqarida o‘tardim, ular ham jon dillari bilan tashqariga chiqishni orziqib kutishardi.-Ustoz, bugun tashqariga chiqamizmi?-deb so‘rashadi. Hatto direktorimiz qo‘liga qog‘oz berib bolalarni qayyoqa olib bordingiz deb hayron bo‘ldilar. Meni ko‘p gapirishdan ozod qilgan shu metod. Mana shu metodni o‘rgatgan, ustoz sizga rahmat.