Get Mystery Box with random crypto!

Qani o'sha Madinaning savob to'la ko'chalari Oyning ikkiga bo' | 🌈𝓆𝒶𝓃ℴ𝓉𝓈𝒾𝓏 𝓆𝓊𝓈𝒽𝓁𝒶𝓇🌞ℳ𝒶𝓇𝒿ℴ𝓃𝒶

Qani o'sha Madinaning savob to'la ko'chalari
Oyning ikkiga bo'lingan mo'jizaviy kechalari
Qani Abu Bakr Siddiq qani Umar Usmonlari
Biz ham bir bor eshitsaydik Bilol aytgan azonlari

Qani o'sha chin muhabbat ilohiy ishq egalari
Aliyimni o'zi yuvib Fotimamni ko'mganlari
Qani o'sha rashk egasi Oysha onam bo'lganlari
Xadichamdek yor qanilar rasulimni sevganlari

Qani tavhid qani iymon qani hayo egalari
Joynamozga chiqganida hush'u ila o'lganlari
Qani zikr ko'p duolar ila mashg'ul bo'lganlari
Biz ham tushda bir ko'rsaydik
Rasulimning kelganlarin.