Get Mystery Box with random crypto!

#shunchaki Yaqin kunlar ichida o‘qishim ham boshlanadi va bu | 🌈𝓆𝒶𝓃ℴ𝓉𝓈𝒾𝓏 𝓆𝓊𝓈𝒽𝓁𝒶𝓇🌞ℳ𝒶𝓇𝒿ℴ𝓃𝒶

#shunchaki

Yaqin kunlar ichida o‘qishim ham boshlanadi va buni men juda sog‘inib kutyapman...
Shunchaki yaqin kishilarimni sog‘inganman, shunchaki mazmunli kunlarimni qumsayapman...

Kunlar qanday qilib tez o‘tayotgani hanuz meni o‘ylantiradi. Qanday qilib 3oy tez o‘tib ketganini bilmay qoldim...

Hafaman... ha men hafaman umrim tez o‘tayotganidan, foydali, savobli ishlarni kam qilganimdan, shu yillar mobaynida ko‘p insonlarni ranjitganimdan afsusdaman!

Ulg‘ayishni men umuman istamadim...
Doim onam erkasi bo‘lishni hohlagan edim, buvimnikiga borsam men uchun atalgan shirinliklar hech qachon tugamasligini istagan edim, menga "yoq senga mumkin emas sen hali kichkinasan" degan so‘zlarni aytishlarini hohlardim...

Afsus doim ham biz istagan, hohlagan narsalar bo‘lavermaydi.
Shunchaki hozir sen yashayapsan va sen hoziringni go‘zal qil deya kunlarim o‘tayapti, kunlar esa haftalarga, haftalar esa oylarga, oylar esa yillarga ulanib vaqtlar bizni tark etyapti...

Shunchaki ba'zida bularni o‘ylab o‘tib ketgan yillarimga achinaman!