Get Mystery Box with random crypto!

Bundan buyon sodir bo‘lgan har bir ishga 'Xayrlisi' deyman! Is | 🌈𝓆𝒶𝓃ℴ𝓉𝓈𝒾𝓏 𝓆𝓊𝓈𝒽𝓁𝒶𝓇🌞ℳ𝒶𝓇𝒿ℴ𝓃𝒶

Bundan buyon sodir bo‘lgan har bir ishga "Xayrlisi" deyman!
Istaganim bo‘lsa, "Xayrlisi" deyman.
Istaganim bo‘lmasa ham, "Xayrlisi" deyman.
Erishmoqchi bo‘lgan narsalarimga uzoqdan nazar tashlayman va "Xayrlisi" deyman. Atrofimdagi insonlarga boqaman, "Xayrlisi" deyman.
Bo‘lib o‘tgan ishlarga "Demak, xayrlisi shu ekan" deyman. Chunki hech qanday e’tirozlarga, ammo-lekinlarga hojat yo‘q.
Bo‘lganlariga ham, bo‘lmaganlariga ham, bo‘lishi kerak bo‘lganlariga ham Alhamdulillah deyman!
Chunki mening Rabbim Allohdir!
Men buni bilaman.