Get Mystery Box with random crypto!

Yig'ining ham turi bo'ladi: Quvonchdan; Qahrdan; Og'riqdan; Al | 🌈𝓆𝒶𝓃ℴ𝓉𝓈𝒾𝓏 𝓆𝓊𝓈𝒽𝓁𝒶𝓇🌞ℳ𝒶𝓇𝒿ℴ𝓃𝒶

Yig'ining ham turi bo'ladi:
Quvonchdan;
Qahrdan;
Og'riqdan;
Alamdan;
Ilojsizlikdan...

Oxirgisi eng og'riqlisi. Hech qanday chiqish yo'li yo'q ekanini bilib yostiqqa yuzingni bekitib, ovozing bosimini-da unga o'tkazib dodlash ham alamni, ham og'riqni qorishtirib yuboradi.

Turasan. Ko'z yoshing qolmaydi oxiri. Oynaga qaraysan. Qovoqlaring shishgan. Ko'zing arang ko'rinadi. Sekingina ishqab qo'yasan-u yumushlaringga otlanasan. Yana o'zing bilan qolganingda shishgan ko'zlaringni ko'zgudan payqab qolasan-u qanchalar baxtiqaro ekaningni eslab jim qolasan. Qaroqlaringda esa ovozsiz, sharpasiz yosh qalqiydi. Yuzingni kuydirib o'tadi... Yana alam... Yana chorasizlik...