Get Mystery Box with random crypto!

MUAMMOLAR TASNIFI Er-xotinlik muammolarini ikkiga bo‘lish mum | 🌈𝓆𝒶𝓃ℴ𝓉𝓈𝒾𝓏 𝓆𝓊𝓈𝒽𝓁𝒶𝓇🌞ℳ𝒶𝓇𝒿ℴ𝓃𝒶

MUAMMOLAR TASNIFI

Er-xotinlik muammolarini ikkiga bo‘lish mumkin:
1. Er tarafidan bo‘ladigan
2. Xotin tarafidan bo‘ladigan muammolar.
Endi ushbu muammolar va ularning qisqacha yechimini ko‘rib chiqishga harakat qilamiz.

Er tarafidan bo‘lgan muammolar mavzuni shu nuqtadan boshlayotganimiz sababi oila tizgini erkakning qo‘lida bo‘ladi. Shuning uchun oilani himoya qilishdagi eng katta qiyinchilik er zimmasiga tushadi. Lekin hozirgi kunga kelib, bu holat o‘zgarganiga guvoh bo‘lib turibmiz. Ko‘p erlar shu muhim boshqaruv vazifasini qo‘ldan chiqarib, oila himoyasiga e’tiborsizlik qilmoqdalar.

Er tarafidan bo‘ladigan muammolar quyidagilar:
1. Muammo: xotinga e’tibor bermaslik. Unga uydagi qiymatsiz bir jihoz sifatida qarash.

Yechim. Xotin erning bir bo‘lagi. Unga e’tibor qaratish zarur. Xursand bo‘lsa, xursandligiga, xafa bo‘lsa, dardiga sherik bo‘lish lozim. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) har bir haqdorga o‘z haqini berishga amr qilganlar.

2. Muammo: kichik xato va toyilishlarga bee’tibor bo‘lmaslik.

Yechim. Erda o‘zini bilmaslikka olish sifati bo‘lishi kerak. Ya’ni, xotinning diyonatiga ta’sir qilmaydigan arzimas xato va kamchiliklar sodir bo‘lsa, o‘zini bilmaganga olishi kerak. Ammo xotinning xatosi dinga aloqador bo‘lsa, beparvolik qilmaydi. Mehribonlik va muloyimlik bilan din ishlarini mukammal bajarishiga ko‘rsatma berib turadi.

Hikmatli so‘zda: “Erkak kishining yaxshisi o‘zini bilmaganga oladigan ziyragidir”, deyilgan.

Mubashshir Ahmadning “Islomda oila” kitobidan #iqtibos