Get Mystery Box with random crypto!

Hoziroq blog oching. 1. Yozish bu moʻjiza, sababi sen yozagan | Dilnazem:)

Hoziroq blog oching.

1. Yozish bu moʻjiza, sababi sen yozaganingda ilmni ikki tomonlama qabul qilasan. Bu jarayonda ham ichingdan takrorlaysan, ham koʻrasan. Oʻz oʻzidan oʻzlashtirish koyfitsenti 2x boʻladi degani.

2. Yozib borish asnosida, sen oʻzing uchun "tarix" yaratasan, bu "tarix" nafaqat senga balki sening avlodingga ham ishlashi mumkin.

3. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning bir yaxshi gapi bor: eshitgan, oʻqigan narsalarningizni yozib oling.

4. Yozgan narsalarningizni eng yaxshilarini yodlab oling. Yodlagan narsalarningizni eng yaxshilarini boshqalarga oʻrgating, ulashing.

5. Yozib borish uchun oʻzing uchun chiroyli, oʻziga tortadigan "blaknot" sotib ol. Adashmasam 20.000 soʻm atrofida turadi. Sababi kundaligingni bunday stilda boʻlishi seni yozish potensialingni oshirib beradi.

6. Lekin men senga blog yuritishni maslahat beraman. Sababi sen blog ochsang 20 ta odam boʻlsa, senda masʼuliyat paydo boʻla boshlaydi. Va sen har kuni biror narsa oʻrganib yozishga majbur boʻlasan. Albatta bu narsa oʻzinga bogʻliq.

7. Postni shu yergacha oʻqib kelgan boʻlsang, hozir telegramdan oʻzingni nomingdan kanal ochib, kommentga linkini yozib qoʻy, bugun senga tekin reklama sovgʻa qilaman. Blogini bugun ochib, ertadan biror narsa oʻrganishga tush, oʻzingni ustingda ishla.



@samandarxojasblog