Get Mystery Box with random crypto!

#xujjatlar Andijon mashinasozlik institutida o‘quv jarayonlar | AndMI | Rasmiy kanali

#xujjatlar

Andijon mashinasozlik institutida o‘quv jarayonlari 5-sentabr sanasidan boshlanadi. 2022-2023 o'quv yilida institutga o'qishga qabul qilingan talabalar shu kuni o‘zingiz bilan yuqorida ko‘rsatilgan xujjatlarni olib kelishingiz so‘raladi.

O‘qishga kirgan talabalardan talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:

1. Pasportning 5 ta nusxasi;
2. Attestat yoki diplom;
3. IELTS sertifikati (mavjud bo‘lsa);
4. 3,5×4,5 o‘lchamdagi 12 dona fotosurat;
5. Qog‘ozlar uchun papka;
6. Qog‘oz konvert;
7. Abituriyent ruxsatnomasi;
8. Javoblar varaqasi;
9. STIR (INN).
10. Imtiyoz asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarning sertifikatlari.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube