Get Mystery Box with random crypto!

Postlar kam, kitoblar kam... Xullas kanal atmosferasi oʻzgarib | °𝑫𝒊𝒂𝒓𝒚 𝑭𝒂𝒓𝒂𝒏𝒈𝒊𝒛°💍

Postlar kam, kitoblar kam... Xullas kanal atmosferasi oʻzgarib ketyapti. Men sezdim? Sizchi?

Doim bir xil inson boʻla olmaymiz, hammada oʻzgarishlar talaygina. Masalan eng sevib kiyadigan koʻylagingizni bir kun kelib kiymay qoʻyishingiz mumkin ku toʻgʻrimi?
- Shu yozda vaqtimni naqadar qadrli ekanini anglab yetdim, hozir post yozishga qizgʻanaman baʼzan...

Ijtimoiy tarmoqlar vaqtincha...bir kun koʻpayib bir kun kamayib, aktivlik uchun harakat qilib uyqularimni yoʻqotib, kontentlar uchun bir nimalar qilib, vaqtimni yoʻqotishni istamay qoʻydim.
Qoʻl siltadim, meni kuzatadiganlar doim aktiv boʻlmasam ham kuzatishadi va fikrlarimga oʻz fikrlarini bildirishadi bunga ishonaman.

Men xech qayerga ketmadim, shu yerdaman.