Get Mystery Box with random crypto!

🇩🇪 D E U T S C H L A N D 13 🇩🇪

Telegram kanalining logotibi deutschland_uzb — 🇩🇪 D E U T S C H L A N D 13 🇩🇪
Telegram kanalining logotibi deutschland_uzb — 🇩🇪 D E U T S C H L A N D 13 🇩🇪
Kanal manzili: @deutschland_uzb
Toifalar: Video
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 41
Kanalning ta’rifi

Flight to Germany🇩🇪🎫✈️
– say my name?!
– Heisenberg
The channel is run by Uralbek Yulmurodov (Heisenberg).

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-06 17:04:27 Es olmoshi quidagi hollarda ishlatiladi:
1.Tabiat hodisalarida
es regnet - yomgir yogyapti
es schneit – qor yogayapti
es donnert – momoqaldiroq bolyapti
es dunkelt – qorongu tushayapti
es hagelt - dol yogayapti
es blitzt – chaqmoq chaqyapti
es weht – shamol esayapti
es scheint – quyosh nur sochayapti
2.Xolatni ifodalovchi shaxssiz iboralarda
es ist kalt – havo sovuq
es ist kühl - havo salqin
es ist warm – havo iliq
es ist heiß – havo issiq
es ist schwül - havo dim
es ist hell - yorug
es ist dunkel - qorongu
es ist wolkenlich – havo bulutli
3.Ish harakatga munosabat bildiruvchi shaxssiz iboralarda
es ist leicht- oson
es ist schwer- qiyin
es ist kompliziert –murakkab
es ist wichtig - muhim
es ist unmöglich – iloji yoq
es ist möglich – iloji bor
es ist schädlich - zararli
es ist Zeit - ayni vaqti
es ist nützlich - foydali
es ist schon spät – endi kech
es ist dumm - axmoqlik
es ist interessant - qiziqarli
Bu iboralar bilan asosiy felning Infinitiv shakli gap oxirida zu yuklamasi bilan ishlatiladi.
Es ist nicht leicht, diesen Text ohne Wörterbuch zu übersetzen. - Bu matnni lugtsiz tarjima qilish oson emas
Es ist wichtig ,dieses Thema zu wissen. - Bu mavzuni bilish muhim.
Es ist Zeit, nach Hause zu gehen. - Uyga ketish vaqti boldi
Es ist dumm, sich mit ihm zu befreunden. - U bilan do`stlashish axmoqlik.
22 views#Аслиддинович, 14:04
Ochish/sharhlash
2022-12-31 21:05:12 Der Fragesatz - (So'roq gaplar)

Nemis tilida so'roq gaplar ham 2 turga bo'linadi:

so'roq so'zli so'roq gap(der Fragesatz mit Fragewort)

so'roq so'zsiz so'roq gap(der Fragesatz ohne Fragewort)

So'roq so'zli so'roq gapda so'z tartibi:
Fragewort+Prädikat+Subjekt+Nebenglieder (so'roq so'z+kesim+ega+2.darajali bôlak)
Masalan: Wann gehst du nach Hause-qachon uyga borasan?

So'roq so'zsiz so'roq gaplarda so'z tartibi:
Prädikat+Subjekt+Nebenglieder (kesim+ega+2.darajali bòlak.)
Masalan: Gehst du nach Hause? - Uyga borasanmi?

Fragewörter-so'roq so'zlar:

Wer-kim
Was-nima, nimani
Wessen-kimning
Wem-kimga
Wen-kimni
Wie-qanday
Wo-qayerda
Woher-qayerdan
Wohin-qayerga
Wieviel-qancha
Welche-qaysi
Warum-nima uchun
Wie lange-qancha vaqt
Was für ein-qanaqa, qanday
Aus welchem Grund- nima sababdan

Kesimning egaga qarab tuslangan shakli gap boshida keladi.

1. Lernst du Deutsch? – Nemis tilini organayapsanmi?
2. Hast du diesen Roman gelesen.-Bu romanni oqidingmi?
3. Wollt ihr mit uns ins Gebirge fahren? – Biz bilan togga borishni hohlaysizlarmi?
4. Werden Sie zu Hause bleiben? – Siz uyda qolasizmi?

Fragesatz mit dem Fragewort – So'roq so'zli so'roq gap

So'roq soz + kesim + ega + 2.darajali bolak + (kesim):

1. Wie heißt du? – Isming nima?
2. Wann feiern wir das Fest „Nawrus“?- Navroz bayramini qachon nishonlaymiz?
3. Warum weinst du? – Nega yig'layapsan?
4. Wann werden wir nach Buchara fahren? – Buxoroga qachon boramiz?
5. Wie oft gehst du in die Bibliothek? – Qanchalik tez-tez kutubxonaga borib turasiz?

Wessen? Wieviel? Was für (ein)? Soroq so'zlaridan keyin doim ot keladi
1. Wessen Auto steht im Hof? – Hovlida kimning mashinasi turibdi?
2. Was für eine Jacke möchtest du kaufen? –Qanaqa kurtka sotib olmoqchisan?
3. Wieviel Tage sind Sie in Berlin gewesen? – Berlinda necha kun boldingiz?

Wer ? So'roq sozidan keyin kesim doim 3-shaxs birlikda ishlatiladi:
1. Wer sitzt im Zimmer? – Xonada kim o`tiribdi?
2. Wer kann mir bei dieser Arbeit helfen? – Bu ishda menga kim yordam bera oladi?
3. Wer hat den Text übersetzt? – Matnni kim tarjima qildi?


Agar biz so'roq so'zsiz so'roq gapga javob bermoqchi bo'lsak, albatta: ha yoki yóq deb javob beramiz va gapni davom ettirish yoki tugatish mumkin.
Masalan:
lernst du Deutsch? Sen nemis tili òrganayabsanmi?-----Ja, ich lerne Deutsch, ha men nemis tili o'rganayabman
Yoki
Nein, ich lerne nicht Deutsch.

Agar so'roq so'zsiz so'roq gapda haben- bor bo'lmoq fe'lidan foydalanilsa va bunga negativ javob berilsa Kein inkor olmoshi orqali yasaladi.
Misol:
Hast du einen Kuli für mich? Nein, ich habe keinen.
Habt ihr keine Lust auf Kino? - Ja, wir haben keine Lust auf Kino?

Agar biroz gap negativ shaklda savol qo'yilsa va unga teskari javob qilmoqchi bólsak Doch ravishi kerak bo'ladi. Doch gapga umuman teskari ma'no anglatadi.
Misol:
Kommt ihr heute nicht? Bugun kelmaysizlarmi?
Doch, wir kommen. - aksincha biz kelamiz.

@deutschland_uzb
Credits to: nemis_tili_bu
176 views#Аслиддинович, edited  18:05
Ochish/sharhlash
2022-12-30 18:27:51 NEMIS TILIDA ENG KO'P QO'LLANILADIGAN IBORALAR:

Rahmat — Danke
Katta rahmat — Vielen Dank
Marhamat («rahmat» so'ziga javob tariqasida) — Gern geschehen; Bitte schoen
Iltimos — Bitte
Hechqisi yo'q — Nichts

Ha — Ja
Yo'q — Nein
Tushunyapman — Ich verstehe
Yaxshi — Gut
Qancha? — Wieviel?

Qancha masofa? — Wie lange?
Ma'zur tutasizmi? — Wie bitte?
Kimdan so'rashim kerak? — Wen soll ich fragen?
Tushunmayapman — Ich verstehe nicht
Kechirasiz, eshitmay qolibman — Entschuldigung, ich habe es nicht recht gehoert

Men adashib qoldim — Ich habe mich verlaufen
Siz inglizcha gapirasizmi? — Sprechen Sie Englisch?
Kechirasiz, uzr — Entschuldigung
Kechirasiz — Verzeihung

@deutschland_uzb
69 views#Аслиддинович, 15:27
Ochish/sharhlash
2022-12-25 22:40:53 Gapda ikki predmet bir-biri bilan qiyoslaganda ALS (qaraganda, ko’ra) so’zi ishlatiladi.

Ali ist fleßiger als Wali. (Ali Valiga qaraganda tirishqoqdir.)
Der Syr-darja ist länger als der Amu-Darja. (Sirdaryo Amudaryoga qaraganda uzunroq.)
Dieses Zimmer ist heißer als mein Zimmer. (Bu xona mening xonamga qaraganda issiqroqdir.)
Ali spricht deutsch besser als Wali. (Ali Valiga qaraganda yaxshiroq nemischa gapiradi. )

Je… desto – qancha …. shuncha so’zlari orqali belgilarni qiyoslaganda sifat qiyosiy darajada keladi.
Je mehr du ißt, desto diker wirst du. (Qancha ko’p yesang, shuncha semirasan.)

Superlativ – Orttirma daraja

BIr predmet belgisining boshqa predmetning shu belgisiga nisbatan eng yuqori yoki eng past darajasini ko’rsatadigan sifat darajasi orttirma daraja deyiladi.
Nemis tilida orttirma daraja 2 xil yasaladi:

1. am + sifat + sten

wichtig — am wichtigsten (muhim-eng muhim)
lang — am langsten (uzun-eng uzun
billig — am billigsten (arzon- eng arzon)

Bu shakl gapda odatda ot kesim yoki tarz holi vazifasida keladi.

Dieser Student ist am fleißigsten. (bu talaba eng tirishqoqdir).(ot kesim)
Welcher Fluss ist am langsten? (Qaysi daryo eng uzun?) (ot kesim )
Am besten bleibe ich zu Hause und sehe fern. (Eng yaxshisi men uyda qolaman va televizor ko’raman.) (tarz holi)

2. der, das, die sifat + ste(n)

wichtig – der wichtigste (muhim – eng muhim)
teuer — der teuerste (qimmat — eng qimmat)
groß — die größte (katta- eng katta)

@deutschland_uzb
Credits to: Nemistili_Deutsch_lernen
113 views#Аслиддинович, edited  19:40
Ochish/sharhlash
2022-12-25 22:40:53 Narsa predmet yoki shaxsning belgisini bildiruvchi so’z turkumiga sifat deyiladi. Sifatlar was für (ein)? – qanday? qanaqa? so’roqlariga javob beradi.
Sifat gapda aniqlovchi yoki ot kesim vazifasida keladi.

Das grosse Buch steht auf dem Tisch. (aniqlovchi)
Das Buch ist sehr groß. Bu kitob juda katta. (ot-kesim)

Steigerungsstufen der Adjective- sifat darajalari
Nemis tilida 3 xil sifat darajalari bor. Bular quyidagilar:

1. positive – oddiy daraja
2. komparativ – qiyosiy daraja
3. superlativ – orttirma daraja

Positiv – oddiy daraja

Oddiy daraja sifatning o’zgarmagan lug’aviy shaklidir. U gapda otdan oldin aniqlovchi bo’lib keladi va kelishiklarda turlanadi hamda otdan keyin yoki gap oxirida ot kesim vazifasida keladi va hech qanday qo’shimcha olmaydi.

Der fleßiger Student kann immer selbsstandig arbeiten. (tirishqoq bola doim mustaqil ishlay oladi) Aniqlovchi
Unser Vater ernst und streng. (bizning otamiz doim jiddiy va qattiqqo’l) Ot kesim
Ich lese einen neuen Roman. (Men yangi roman o’qiyapman) Aniqlovchi
Der Roman ist interessant. (Roman qiziqarli) Ot kesim

Gapda ikki predmet bir biri bilan ebenso … wie – xuddi.. kabi so’zlarni qiyoslaganda sifatning oddiy darajasi bo’ladi.
Er lernt ebenso gut wie siene Schwester. (u xuddi opasi kabi yaxshi o’qiydi)

Komparativ – Qiyosiy daraja.


Bir predmet belgisini boshqa predmetning shu belgisiga qiyoslash, taqqoslash uchun ishlatiladigan sifat darajasi qiyosiy sifat darajasi deyiladi. Qiyosiy daraja sifatga –er (-roq) qo’shimchasi qo’shish orqali yasaladi.
Schön – schöner (chiroyli-chiroyliroq)
Wichtig – wichtiger (muhim-muhimroq)

O’zagida a, u, u unlisi bo’lgan bir bo’g’inli sifatlar qiyosiy daraja umlaut oladi.
groß - größer (katta-kattaroq)
lang – länger (uzun-uzunroq)
kurz – kürzer (qisqa-qisqaroq)

O’zagida au diftongi bo’lgan yoki –el, -er, -en, -bar, -sam, -haft, -ig, -lich, -e kabi suffikslar bilan tugagan, shuningdek bir o’zakdan iborat bo’lgan ayrim sifatlar daraja yasaganda umlaut olmaydi.

laut – lauter (baland-balandroq)
klar – klarer (tiniq-tiniqroq)
zart – zarter (yumshoq- yumshoqroq)
mager – magerer (ozg’in-ozg’inroq)
sparsam – sparsamer (tejamkor-tejamkorroq)


@deutschland_uzb

More below
91 views#Аслиддинович, edited  19:40
Ochish/sharhlash
2022-12-22 20:49:48
Germaniyada tahsil olishni hohlovchi do‘stlarimiz uchun:

Germaniyaning 2022 yildagi eng zo’r Universitetlar reytingi.

TOP 10

. Albert-Ludwigs-Universität Freiburg
Dunyo bo’yicha : 171
www.uni-freiburg.de

. Eberhard Karls Universität Tübingen
Dunyo bo’yicha: 164
www.uni-tuebingen.de

. Technische Universität Berlin
Dunyo bo’yicha: 144
www.tu-berlin.de

. Rheinisch-Westfälische Technische Hochschule Aachen
Dunyo bo’yicha: 141
www.rwth-aachen.de

.  Freie Universität Berlin
Dunyo bo’yicha: 125
www.fu-berlin.de

. Humboldt-Universität zu Berlin
Dunyo bo’yicha: 120
www.hu-berlin.de

. Karlsruher Institut für Technologie (KIT)
Dunyo bo’yicha: 107
www.kit.edu

. Ruprecht-Karls-Universität Heidelberg
Dunyo bo’yicha: 68
www.uni-heidelberg.de
. Ludwig-Maximilians-Universität München
Dunyo bo’yicha: 66
www.uni-muenchen.de
. Technische Universität München
Dunyo bo’yicha: 64
www.tum.de

Kanalga qo'shiling:
@nemistiliuzz
@nemistiliuzz
102 views#Аслиддинович, 17:49
Ochish/sharhlash
2022-12-15 21:22:18 Egalik olmoshlari (Das Possessivpronomen)

Egalik olmoshlari ayrim predmetlarning shaxsga yoki boshqa predmetga tegishliligini bildiradi.Nemis tilidagi egalik olmoshlari "Possessivpronomen" deb ataladi va "Wessen?" ya'ni "Kimning?" so'rog'iga javob beradi.

Bunday olmoshlarning asosiy xususiyati shundaki, ular har doim artiklsiz ishlatiladi. Ega olmoshi ot oldida turgan holda aniqlovchi vazifasini bajaradi va artikl o‘rnini to‘liq egallaydi.

Egalik olmoshlari birlikda noaniq artikllardek, ko`plikda esa aniq artikllar kabi turlanadi
SINGULAR
1. Person — Ich-mein (men-mening)
2. Person — Du-dein (sen-sening)
3. Person — Er,es-sein, sie-ihr (u-uning)

PLURAL
1. Person — Wir-unser (biz-bizning)
2. Person — Ihr- euer (sizlar-sizlarning)
3. Person — Sie‐ihr (ular-ularning)

@deutschland_uzb
111 views#Аслиддинович, 18:22
Ochish/sharhlash
2022-12-10 17:01:46 DAS PRÄSENS (hozirgi zamon)

Hozirgi zamon fe'lning sodda zamon formasi bo'lib, u ish-harakatning hozirgi yoki hozirgi-kelasi zamonda bo'lishini ifodalaydi:
Ich schreibe einen Brief. (Men xat yozyapman)

Der Schüler antwortet dem Lehrer. (O'quvchi o'qituvchiga javob beryapti)

Morgen gehen wir ins Theater. (Ertaga biz teatrga boramiz)

Fe'llar nemis tilida ikki katta guruhga bo'linadi:
kuchli fe'llar;
kuchsiz fe'llar.

Kuchsiz fe'llarning hozirgi zamoni fe'l o'zagiga quyidagi shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan yasaladi:

Singular (birlik)
1. (1-shaxs) - e
2. (2-shaxs) - st
3. (3-shaxs) - t

Plural (ko'plik)
1. - en
2. - t
3. - en

Masalan:
Birlik
1. Ich komm-e
2. Du komm-st
3. Er komm-t
Ko'plik
1. Wir komm-en
2. Ihr komm-t
3. Sie komm-en

@deutschland_uzb
131 views#Аслиддинович, edited  14:01
Ochish/sharhlash
2022-12-05 17:43:31 SO'ROQ GAPLAR

Nemis tilida so'roq gaplar 2 ga bo'linadi: so'roq so'zsiz so'roq gaplar va so'roq so'zli so'roq gaplar.

So'roq so'zsiz so'roq gaplarda 1-o'rinda kesim, 2-o'rinda ega va 3-o'rinda ikkinchi darajali bo'lak keladi. Masalan:
Arbeitet (kesim) deine Mutter (ega) in der Schule (ikkinchi darajali bo'lak) ?
(* Sening onang maktabda ishlaydimi?)

Kommst (kesim) du (ega) heute (2-darajali bo‘lak) zu uns (2-darajali bo‘lak) ?
(* Bugun biznikiga kelasanmi?)

So‘roq so‘zli so‘roq gaplarda 1-o‘rinda so‘roq so‘z, 2-o‘rinda kesim, 3-o‘rinda esa ega yoki ikkinchi darajali bo'lak keladi. Masalan:
Wer (so‘roq so‘z) arbeitet (kesim) im Garten (2-darajali bo'lak) ?
(* Kim bog‘da ishlyapti?)

Was (so‘roq so‘z) liest (kesim) du (ega) ?
(* Sen nimani o‘qiyapsan?)

Wann (so‘roq so‘z) gehst (kesim) du (ega) in die Schule (2-darajali bo‘lak) ?
(* Sen maktabga qachon borasan?)

So‘roq so‘zlar:
wer - kim?
was - nima?, nimani?
wem - kimga?
wen - kimni?
wo - qayerda?
wann - qachon?
wohin - qayerga?
woher - qayerdan?
warum - nima uchun?

@deutschland_uzb
139 views#Аслиддинович, edited  14:43
Ochish/sharhlash
2022-12-03 21:45:54 Davomi... 2-turga -en qo'shimchasini oladigan quyidagi otlar kiradi: a)jenskiy roddagi otlarning ko'pi: die Tür – die Türen (eshik-eshiklar) die Zeitung – did Zeitungen (gazeta-gazetalar) b)sredniy rodga mansub otlar: das Ohr – die Ohren (quloq-quloqlar)…
130 views#Аслиддинович, 18:45
Ochish/sharhlash