Get Mystery Box with random crypto!

Deputat Shohruxbek Alibek

Telegram kanalining logotibi deputat_shohrukhbek — Deputat Shohruxbek Alibek D
Telegram kanalining logotibi deputat_shohrukhbek — Deputat Shohruxbek Alibek
Kanal manzili: @deputat_shohrukhbek
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 569
Kanalning ta’rifi

Xalq Deputatlari Samarqand shahar Mahalliy Kengashi Deputati
Telegram kanalim:
@Deputat_Shohrukhbek
Facebook rasmiy sahifam:
Shohruxbek Alibekov
Murojaat uchun:
@DeputatShohrukhbek_bot

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-07-15 14:50:17
“Open budget” 2-mavsumi boshlandi

Tashabbusli byudjet jarayoni
2-mavsumiga 15-iyuldan (Qoraqalpog‘iston Respublikasida 15-avgustdan) start berildi.

Taklif kiritishda, bildirilgan takliflarga ovoz berish ishlarida faol bo‘ling!

Manzil o‘sha-o‘sha: ochiqbudjet.uz

Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
61 views11:50
Ochish/sharhlash
2022-07-15 12:01:35
Qabulga marhamat!

Samarqand viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi hamkorligida joriy yilning 16-iyul kuni soat 08-00 dan boshlab Samarqand shahar Xalq qabulxonasida xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlarining qabuli o‘tkaziladi.

Manzil: A.Jomiy ko‘chasi 59-uy. Mo‘ljal: Samarqand shahar hokimligi. Murojaat uchun telefon: 66.233-10-00.

O‘z hududingizdan saylangan deputatga qanday taklif va talablaringiz bo‘lsa, bemalol yetkazishingiz mumkin!

Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
321 views09:01
Ochish/sharhlash
2022-07-15 09:30:28
Darg‘om kanalida Shaudar kichik GES barpo etilmoqda

Samarqand viloyatining Darg‘om kanalida investitsiyaviy loyiha doirasida Shaudar kichik GES qurilmoqda.

Loyihaga binoan, mazkur GESning elektr energiya ishlab chiqarish quvvati 7,2 MVt ni tashkil etadi.

Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
175 views06:30
Ochish/sharhlash
2022-07-15 07:01:13
#Iqtibos

“Qonunlar o‘rgimchak uyaga o‘xshaydi. Kichik pashshani to‘sib qola oladi. Ammo qovoqarini o‘tkazib yuboradi”.

Jonatan Svift


Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
296 views04:01
Ochish/sharhlash
2022-07-14 17:25:11
Masjiddan, islomiy ta’lim olishdan yoshlarni qaytardik. O’zimizning olimlarga imkoniyat, sharoit va minbar bermadik.

Diniy ilmga qiziqqanlar chetda bo‘lgan imomlardan boshqa mazhab ta’limoti asosida ilm oldilar. Bugun mazhablararo tortishuvlar o‘sha ishlarning “samarasi.

Keyingi o‘rinda esa maddoh va oyog‘i yerdan uzilgan, qadriyatlarga behurmat qaraydigan avlodni yetishtirdik. Natijada yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik 3 barobar oshdi!

O‘zimiz pishirgan osh deb, aylanib va o‘rgilib ichaveramizmi yoki vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilamizmi?

Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
8.5K views14:25
Ochish/sharhlash
2022-07-14 14:30:33
Samarqandda «Muzeylar kvadrati» tashkil etiladi

Prezident topshirig‘iga ko‘ra, O‘zbekistonda 9 ta yangi muzey tashkil etiladi, shulardan 7 tasi Samarqanddagi “Muzeylar kvadrati”da bo‘ladi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari – turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

https://kun.uz/uz/14555929

Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
897 views11:30
Ochish/sharhlash
2022-07-14 09:30:33
Samarqandda 45 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda

Erondan issiq havo oqimi kirib kelmoqda. Oʻzgidromet rahbari Sherzodxoʻja Habibullaxoʻjaning xabar berishicha, Oʻzbekistonning ayrim hududlarida havo harorati 47 darajagacha koʻtariladi. Samarqand viloyatida esa 45 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bu issiq havo toʻlqini davomli (5 kun) boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
865 views06:30
Ochish/sharhlash
2022-07-14 07:01:04
#Iqtibos

“Bezovtalik tebranma kursiga o‘xshaydi. Nimadir qilayotganga o‘xshaysanu, hech narsaga erishmaysan”.

Toriq Suvaydon


Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
699 views04:01
Ochish/sharhlash
2022-07-13 14:30:37
Konstitutsiyaning 53-moddasi o‘zgarishi mulk daxlsizligini to‘liq ta’minlaydimi?

Yangilanayotgan Konstitutsiyanibg 53-moddasida iqtisodiyot va tadbirkorlikka oid qator yangi normalar kiritilishi nazarda tutilgan.

Konstitutsiyaga yangi 53(1)-modda qo‘shiladi:

Hech bir shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etilishi mumkin emas. Mulkni jamoat ehtiyojlari uchun majburiy ravishda boshqa shaxsga o‘tkazish qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda ekanda tartibda uning o‘rnini oldindan va teng qiymatda qoplash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin.

Ushbu videoda shu o‘zgarish yuzasidan fikr bildirdik.

Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
10.2K viewsedited  11:30
Ochish/sharhlash
2022-07-13 09:30:37
Temur Malik ko‘chasi haqidagi postimizga shahar hokimligi eʼtibor qaratdi

“Temur Malik ko‘chasi eʼtiborga muhtoj” sarlavhali maqolamiz zarnews.uz saytida ham eʼlon qilindi.

Samarqand shahar hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, “ushbu maqolada keltirilgan holat shahar hokimligi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, zovurlardagi chiqindilarni tozalash, yo‘l bo‘yidagi chiqindi uyumlarini olib tashlash kabi ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, ko‘chani to‘liq obodonlashtirish bo‘yicha qilinishi kerak bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Hozirda ushbu ko‘chadagi obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda”.

Ko‘chadagi ishlar tugallanganidan keyin yana u yerdan fotolavha tayyorlaymiz.

Kanalga qo‘shiling:
Deputat Shohruxbek
399 views06:30
Ochish/sharhlash