Get Mystery Box with random crypto!

Umidbek Qurbanbayev

Telegram kanalining logotibi deputat_qurbanbayev — Umidbek Qurbanbayev U
Telegram kanalining logotibi deputat_qurbanbayev — Umidbek Qurbanbayev
Kanal manzili: @deputat_qurbanbayev
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

Umidbek Qurbanbayevning rasmiy saxifalari
° https://www.facebook.com/umidbek.qurbanbayev.7
° t.me/deputat_qurbanbayev
° https://twitter.com/UmidbekQurbanb3?s=09
° http://Instagram.com/Umidbek_Umirbekovich
She'riyat, iqtiboslar va qoralamalar.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-12-29 21:12:57
Ótgan yillari masjidga tez tez borib turardim. Qishdan gripp bólmay chiqdim Bu yil ishdan bóshamay masjiddan qadamim uzilib qoldi. Shu sabab bólsa kerak, kasalliklarga moil bólib qoldim.

Vaqt topsanggiz Namozinggizni masjidda óqing! Masjidda Namoz óqishlik insonni har xil kasalliklardan saqlab turar ekan birodarlar.
Eslatish ham sunnat .
10 viewsedited  18:12
Ochish/sharhlash
2022-11-19 16:39:25 Osmonlarga uzatdik qo‘lni,
Yuraklarga qo‘ndi bir surur.
Tanlagandik eng mushkul yo‘lni,
Oxir bizni o‘ldirdi g‘urur.

Bizga qarshi jang qildi samo,
Boshimizdan yog‘ildi qorlar.
Qishdan omon chiqqandik, ammo
Bizni qatl etdi bahorlar.
38 views13:39
Ochish/sharhlash
2022-11-12 21:56:47 Qorlar yog‘di.
Qizdirdi oftob.
“Nedir baxt?” deb so‘radim.
Biroq –O‘zi bilan o‘zi ovora
Baxtiyorlar bermadi javob.
Qorlar bosdi.
Kuydirdi oftob.
“Nedir baxt?” deb so‘radim.
Biroq –O‘zi bilan o‘zi ovora
Baxtsizlar ham bermadi javob.
41 views18:56
Ochish/sharhlash
2022-06-06 04:55:21 "Tongni qalbdan sevganlar tunni ham qadrlaydilar. Visol uchun yo‘lga chiqqanlar safar mashaqqatlariga sabr qiladilar. Yo‘ldagi qiyinchiliklar visol halovatidan nishona. Safar mashaqqatini rad etmoq – visolni rad etmoq. Zulmatga toqat qilmaganlarning oydinligi bo‘lmaydi. Muammo bo‘lmasin degani – hech narsa kerak emas, deganidir".
"Jannat sabrlilarniki"- InshaAlloh
115 viewsedited  01:55
Ochish/sharhlash
2022-03-16 23:03:07 Qabul qilingan ahmoqona qarorlar va undan chiqarilgan xulosalar haqida #2
16.03.2022
Ulg'aydikmi? Zamon ózgardimi? Insonlar ózgardimi? Hayot murakkabmi? Yashash qiyinmi? - bu savollarni óz-ózinggizga tez-tez berasizmi? , -javob topdingizmi?
Unutmang! Javoblar topilganda savollar ózgaradi.
Inson ulg'aymaydi. Yosh bu faqat son xalos. Ayrim toifa insonlar bolalik xotiralar bilan yashaydi. Bolalarcha beg'ubor bólishadi. Yosh bu shunday narsa-ki u faqat inson umrini tugayotganini bildiruvchi son.
Insonlar ózgarmagan. Ularga bólgan munosabat, tuyg'ular, hislar ózgargan. Balki moddiyatga borib taqalgan.
Hayot murakkab emas. Hayotni orzu havas buzgan, kibr va riyo shu kórinishga keltirgan. Bizni tólqinlantirib gapirtirayotgan narsalarning deyarli barchasi unutiluvchi , vaqtinchalik narsalardir.
Yashash oson. Agar inson oldiga oliy maqsadni qóya olsa, uni topa olsa bas. Yashashni bizni órab turgan muhit shu kórinishga keltirgan. Sizu bizga tanish bólgan ODAMLAR.
Ha, zamon ózgargan . Zamonni esa g'arb shu kórinishga keltirgan. Biz qilayotgan amallarimiz (qolib ketgan), hech ham achinishimizga sabab bólmayapti. Achinish hissiga sabab bólganlari esa umuman yot narsalar.
Oddiygina misol: -- undan baxt nima?- deb sórang. Shunda unga nima yetishmayotganini bilasiz. Hayotda yashab ótgan gar bir kunimiz bizga saboq bólishi, umrimiz yana bir kunga kamaygani va hisobimiz yaqinligini sezishimiz barchamizni burchimizdir.
Esingizda bólsin! "Ikki toifali odam bu dunyodan hasrat bilan o'tadi: biri, yig'ib-yig'ib yemagan, ikkinchisi, ilm olib, ilmiga amal qilmagan!"
Dunyodagi eng yaxshi his bu xalovatdir. Bu shunchaki sóz emas, balki devorga qoqilgan "zanglamas" mixdir. Eslab kóring-chi oxirgi marta qachon xalovatni his qildingiz?


@deputat_qurbanbayev
154 viewsedited  20:03
Ochish/sharhlash
2022-01-23 20:35:55 Zoʻr yashadim, toʻgʻri tushuning,
Qadr nedir, bilgan biladi.
Ne qilardim ishqdan yashrinib,
Bitta yashash shunday boʻladi.

Sir qolmadi bunda yashirin,
Armon chekay desam ezilib.
Nafas olish naqadar shirin
Orom degan soʻzdan uzilib.

Oʻxshasam ham oʻzga oʻxshadim,
Shuni aynan umr deb atay.
Soʻramaslar, qancha yashading,
Soʻragaylar, yashading qanday?

Muhimi shu, koʻzlarim magʻrur,
Yuz tutmagan hech bir zavolga,
Imtihondan yiqilmadim gʻoʻr,
Javobim bor oʻsha savolga.
123 views17:35
Ochish/sharhlash
2021-06-26 14:08:04
#iqtibos
Kunlar keladi. Odamlar yuzingga qarata yopgan eshiklarining tirqishlaridan seni kórish uchun móralashadi.
Umidbek Qurbanbayev
162 views11:08
Ochish/sharhlash
2021-05-22 21:43:42 Qabul qilingan ahmoqona qarorlar va undan chiqarilgan xulosalar haqida
21.05.2021

Hayotimizni yarimini ótgan hayotimizni og'riqlari bilan, qolgan yarimini hali yashamagan kelajak tashvishlari bilan ótkazamiz.
Ha biz shunaqamiz. Ammo ,lekin ,biroq biz buning uchun yaratilmaganmiz. Bizda boshqa maxluqotlarga berilmagan fikrlash, idrok etish kabi nematlar berilgan. Inson yashar ekan hayoti davomida qilgan va qilayotgan ishlaridan salbiy yoki aksincha ijobiy xulosalar chiqarib yashaydi. Bu óz navbatida insonning ichki kechirmalari, tashqi muxitdan olgan kónikmalariga bog'liq bóladi. Ma'lum bir aniq maqsadni oldiga qóygan inson hayotda tósiqlarga, qiyinchiliklarga duch kelmasin, óz qarorlarida sobit turishi, turishni órganishi kerak. Va albatta bu juda muxim.
Har bir insonning hayotida tub burilish yasaydigan voqea yoki bir jarayon ( balki bir inson) bóladi. Qandaydir lahzalarda bir umr qolishni istab qoladi kishi. Muximi ósha laxzada kishi óz-ózini, fikrlarini idrok etib bilsa, vaziyatni tóg'ri talqin qilsa inson óz shaxsini shakllantirgan bóladi. Fikr yuritish bu qobilyatdir. Fikr o'q - sen to'pponcha. Seni saqlagichga qo'yib, otilmasliglarini so'rab qolaman.
Aytmoqchi bólganim inson hayotida sodir bólgan barcha vaziyatlardan tóg'ri xulosa chiqarib aniq qarorga kela olishi ham bir sa'natga aylangandek nazarimda.
Sózimni oxirini bitta ajoyib jumlalar bilan yakunlamoqchiman:
Har qanday yig'ini oxiri kulish bilan,
Har qanday kulguni oxiri yig'i bilan tugaydi.

P.S: Barchaning hayotini yig'latadigan kulgular bezasin. Óylayman- ki bu postni óqib bólib, bosib ótgan yólingizdan xulosalar chiqarasiz.

https://t.me/deputat_Qurbanbayev
179 viewsedited  18:43
Ochish/sharhlash
2021-05-11 09:44:30 Boshlagan yana bitta xayrli ishimiz.
In shaa Alloh maqsadimizga erishib, Masjidimizni faoliyatini qaytadan yólga qóyamiz
120 viewsedited  06:44
Ochish/sharhlash
2021-05-11 09:42:54
#Videoni_albatta_kóring!
Masjidni xashar yóli bilan qayta faoliyatini yólga qóyaylik. Ushbu ulug' oyni sónggi kunlari siz azizlardan iltimos savobli ishdan chetda qolib ketmang.
Zero bu Jannatni vojib qiliuvchi amaldir.
Payg'ambar Alayhissalom dedilar: " kim Alloh uchun Masjid bino qilsa, u xoh kichik bólsin, xoh katta bólsin Alloh unga jannatdan qasr vada qilgan" dedilar.
Termiyiz rivoyati.

Karta raqami
9860030163344572
Sobir Qalandarov nomida

@ellikqala_sahovat
114 views06:42
Ochish/sharhlash