Get Mystery Box with random crypto!

Dengizga ketamiz...

Telegram kanalining logotibi dengizgaketamiz — Dengizga ketamiz... D
Telegram kanalining logotibi dengizgaketamiz — Dengizga ketamiz...
Kanal manzili: @dengizgaketamiz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.82K
Kanalning ta’rifi

Ba'zan qayergadir ketging kelsa, yaxshisi yur, Dengizga ketamiz...
🎶 @dk_playlist
📩 Savol va takliflarni instagramdan yozing: 👇
https://instagram.com/dengizgaketamiz?igshid=jml6vomdfksv
📮 Aloqa: @dengizga_ketamiz_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-09-01 08:33:56
Bu ko‘ngil Vatan der, ko‘zimda Vatan,
Necha boqmasin ko‘z, yana Vatan der.
Qalbimning eng chuqur yerida yotgan
Muqaddas, muqaddam so‘zim Vatandir.

Xurshid Davron

---› @dengizgaketamiz
1.1K views05:33
Ochish/sharhlash
2022-09-01 08:29:40 @dengizgaketamiz
1.1K viewsedited  05:29
Ochish/sharhlash
2022-08-31 06:38:48 Qarama-qarshiliksiz hech narsa yuzaga chiqmaydi. Zero, ko‘zguning bir tomoni qora bo‘lmas ekan, unda hech narsaning aksi ko‘rinmasligi kundek ravshan. Bas, shunday ekan, aytish mumkinki, qarama-qarshilik tenglikning bir ko‘rinishidir.

Yakov Byome (1575-1624)

---› @dengizgaketamiz
1.3K views03:38
Ochish/sharhlash
2022-08-31 06:37:48
Men asta-sekinlik bilan shunga ishonch hosil qildimki, insonlararo munosabatdagi samimiylik, haqiqatgo‘ylik va haqqoniylik hayotiy baxtga erishishda katta ahamiyatga ega.

Benjamin Franklin

---› @dengizgaketamiz
1.3K views03:37
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:42:53
---› @dengizgaketamiz
794 views16:42
Ochish/sharhlash
2022-08-28 21:48:06 ​​Камдан-кам бундай постлар ёзаман. Лекин бу пост ёзишга арзийди.

Бундан 6-7 йилча аввал университетда иккита гуруҳдошларим билан келажакдаги режаларимиз ҳақида гаплашиб ўтиргандек. Улар менинг чет элга кетиш режам ҳақида билишарди, шунинг учун асосан шу мавзуга алоқадор саволлар беришни бошлашди.
Сўнгра мен уларга келажакдаги режаларимдан яна бири ёқтирган асарларимни ўзбекчага таржима қилиш эканлигини айтдим. Уларнинг бири "Масалан қайси асарлар?" деб сўради. "Масалан, H.Lee'нинг "To Kill a Mockingbird" асари. У ҳали ўзбекчага таржима қилинмаган" дедим. Сўнгра иккинчи гуруҳдошим мийиғида бироз кулиб: "Эплай олмайсан. Қўйсангчи" деди. У билан тортишиб ёки баҳслашиб ўтиргим келмади ва "ҳўп" деб қўя қолдим.

Мана орадан бир неча йиллар ўтди. Насиб бўлса, сентябр ойида To Kill a Mockingbird асарининг таржимаси @Akademnashr билан биргаликда чоп этилади. Китобда таржимон ёзуви олдида менинг исмим туради.

Ўзимдан ҳозир фаҳрланяпманми? Ҳа. Мотиваторларнинг ўзингизга ишонинг деган гапи тўғрими? Қисман. Чунки ўзингизга ишонинг ва ҳаракат қилинг. Ҳаракат қилиш режани амалга оширишнинг энг муҳим қисми.

p.s. пост ўчирилиш эҳтимоли юқори.

@readnroll
1.9K views18:48
Ochish/sharhlash
2022-08-28 08:49:18 Uyingda shunday ko‘zgu borki, sen unga har kuni qaraysan. Har qaraganingda o‘z fazilatlaringni ham, nuqsonlaringni ham ko‘rasan. Bu ko‘zgu - farzanding!

O‘tkir Hoshimov

---› @dengizgaketamiz
2.3K viewsedited  05:49
Ochish/sharhlash
2022-08-27 15:29:47 Agar o‘qisang-u o‘ylamasang — chalkashib qolasan. Agar o‘ylasang-u o‘qimasang — shubha-gumonlar tagida qolib ketasan.

Konfutsiy

---› @dengizgaketamiz
2.7K views12:29
Ochish/sharhlash
2022-08-27 15:28:47 Faqat foydasi tegadigan ilmni olish kerak, foydasiz fazilatdan qochmoq va faqat zarur narsaga quloq ochmoq lozim.

Abdurahmon Jomiy

---› @dengizgaketamiz
2.5K views12:28
Ochish/sharhlash
2022-08-25 10:47:28 Ishni yarim yo‘lda tashlab, chetga chiqib oladigan va endi bu yog‘i nima bo‘lar ekan, deb og‘zini ochib qarab turadigan odam haqiqiy ahmoqdir.

Fridrix Shiller

---› @dengizgaketamiz
3.3K views07:47
Ochish/sharhlash