Get Mystery Box with random crypto!

# Nasibang keladi... Senga nasib etadigan narsa boshqa bir | DengizDaa...📝🌊

#
Nasibang keladi...

Senga nasib etadigan narsa boshqa birisiga nasib etmas... Qismating bo'ladigan kishi boshqa birisiga yor bo'lmas... Bu dunyoda senga atalgan, sendan ketmas... Sendan talab ― duo etmoq va duoni hayotingga yog'dirmoqdir... Sabr bilan chidamoqdir. Sen chidaganing sari nasibang go'zallashar... Sen uringaning sari nasibang yaqinlashar. Sen qadam tashlaganing sari eng yaxshisi nasib etadi... Hadiksirab kutish bilan keladigan narsa kelib qolmaydi. Unutma..! Nasibangga qarab yo'l olsanggina yo'l ochiladi senga..!

Erdog'an Yildirim
@dengizdaa