Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar! Mustaqill | 𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

Mustaqillik bizga milliy o‘ziga xosligimizni, or-nomus va g‘ururimizni, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimiz bilan faxrlanish hissini qaytargan bayram sifatida abadiy qoladi va jonajon Vatanimiz yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladi.

Dehqonobod tumanida ham mustaqillik kuni munosabati bilan bayram tantanalari katta shodiyona bilan nishonlanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan istirohat bog‘lari, ko‘ngilochar maskanlar va aholi gavjum hududlarda “Mustaqillik sharaf lentasi” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Kanalimiz: Dehqonobod 24