Get Mystery Box with random crypto!

Dehqonobod tumanining ayrim mahallalarida vaqtinchalik tabiiy | DEHQONOBOD YANGILIKLARI

Dehqonobod tumanining ayrim mahallalarida vaqtinchalik tabiiy gaz ta'minoti o'chiriladi

Tuman hududidan o‘tuvchi M-39 avtomagistral yo‘lidan "Azimut Aziya" kompaniyasiga qarashli og‘ir va yirik gabaritli yuklarni xavfsiz olib o‘tilishini ta'minlash maqsadida, Dehqonobod, Paxtachi, Aerodrom, Zavqiy hamda Ayridevol mahallalarida 2022-yil 11-oktyabr kuni soat 08:00 dan 12-oktyabr soat 17:00 ga qadar, gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta'minoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

( Boshqa bazi mahallalarda ham uzilishlar kuzatilishi mumkin)

Yuzaga kelgan noqulaylik uchun Tuman gaz taminoti bo'limi tumandoshlarimizdan uzr so'raydi.

"Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati

#ТАРҚАТИНГ
ДEҲҚОНОБОДЛИКЛАРГА АЪЗО БЎЛИНГ!
https://t.me/+PteggG-dlUJlNGMy