Get Mystery Box with random crypto!

U ayolini urdi. Ayoli yigʻlab: - Hoziroq borib ustingizdan arz | Deen Islom

U ayolini urdi. Ayoli yigʻlab:
- Hoziroq borib ustingizdan arz qilaman, - dedi.
- Senga kim aytdi, seni qoʻyib yuboradi, deb. Uydan chiqib haam boʻlibsan!
- Siz eshik derazalarni qulflab qoʻysam, shikoyat qilolmaydi deb oʻylayabsizmi?
- Ha, nima qilolarding?
- Qoʻngʻiroq qilaman, dardimni sochaman!
- Hah, telefoningni ovolaman. Oʻchirib qoʻyaman.
Ayol indamay turib, hammomga kirib ketdi.
Eri tashqariga chiqib deraza oldida poyladi, qochib ketarmikan, deb kutdi. Ayol chiqishga urinmaganini koʻrib qaytib kirdi.

- Men albatta shikoyat qilaman, Unga arz qilishimdan na derazalaringiz, na eshiklaringiz, na telefonlaringiz toʻsa oladi!! Uning eshiklari hecham yopilmaydi. Dodimni eshitadi! - dedi.

Eri undan nari ketib divanga oʻtirdi. Jim oʻylanib qoldi. Ayol ketib namoz oʻqidi. Uzoq sajda qildi. Eri uni kuzatib turardi. Soʻng u boshini koʻtarib, duoga qoʻl ochmoqchi boʻlganida, eri chopib kelib qoʻllarini ushlab oldi.
- Sajdada shu-u-uncha meni qargʻaganing yetarlimasmi?
Ayol maʼsum koʻzlari bilan unga boqib:
- Sizning qilgan bu ishingizga rozi boʻlib, atigi shuncha duo qilish bilan kifoyalanishim kerak ekanmi, a?
- Kechir, senga qoʻl koʻtarmoqchi emasdim. Allohga qasam, gʻazabim aqlimni oldi.
- Shuning uchun ham haqqingizga xayrli duo qilish, shaytonni qargʻashdan toʻxtamayman.
Men oʻz koʻzining quvonchi: erini duoyibad qiladigan ahmoq xotinlardan emasman.

Erining koʻzalaridan yosh qalqib chiqdi. Duo uchun koʻtarilgan qoʻllarni koʻziga surtib, oʻpdi.
- Allohga qasam, bundan keyin hech qachon senga ozor bermayman..

#Kitobdan.
@Deen_islom