2022-11-07 17:32:30
O’zidan qochayotgan odamni hech kim tuta olmaydi, To’rt devor ichiga qamap qo’yib ham,
Bog’lab qo’yib ham oyoq-qo’lini…
Yoki uzoqlarga haydab yuborib,
Borsa-kelmas qilib bandlab yo’lini
Tuta olmaysiz,
U shunday qochadi-ki, Qochib bog’ yaratadi,
Tog’ni tuproq qilib berishi mumkin…
Tutilmaslik-chun
U shunday qochadi-ki, Oyog’i yugurmas,
Yuzi burilmas,
Senla ertak aytishib
Tonggacha xoxolab kulishi mumkin…
O’ynab berishi mumkin nog’orangda
O’ynab berishing mumkin nog’orasida…Lekin tuttirmaydi o’zini sira,
Tuta olmaganing uchun emas,
Tutqich bermagani uchun…Tutqich bermaslik uchun u
yashashni o’rganadi.
U yashash uchun ham qochadi
Bilsang…
Zotan,
Qochish- bu YASHASH bo’lganidan keyin…
Tutish - bu O’LIM bo’lganidan keyin…
Qayerga ham qocharding?!
Hey, mening hayot do’stlarim,
Qaley bo’larkan qochish? @DeeHanim
2.4K viewsedited 14:32