Get Mystery Box with random crypto!

L.Tolstoyning 'Avliyo Sergiy' qissasi Kasatskiyning boshdan ke | Odamiyat!

L.Tolstoyning "Avliyo Sergiy" qissasi Kasatskiyning boshdan kechirganlari asosiga qurilgan boʻlib,unda oʻz botinidan Xudoni izlayotgan odam qiyofasi gavdalantirilgan.Kasatskiy bu yoʻlda rohibga aylanadi,uzoq mashaqqatlardan soʻng xalq koʻzida avliyo darajasiga yetadi,unga Sergiy ota deb murojaat qila boshlaydilar.Ammo hanuz barcha odamlar singari gunohkor banda edi.Qizning makriga uchib gunohga qoʻl urmaslik uchun barmogʻini chopib tashlaydi,biroq hali nafs qutqularidan batamom xalos boʻlmagan edi.Baribir u ham hamma odamlardek qabuliga kelgan qizning qomatini xayolidan oʻtkazardi.Shon-shuhratga berilib ketganligidan Xudoni esdan chiqargandi.

"Hayajonli shu daqiqalarda ibodat qilishni xohladi.Biroq sigʻinadigan zot topilmasdi.Xudo yoʻq edi."

Keyinchalik uning oʻzi Xudoning nomini ortmoqlab aslida odamlar uchun yashaganligini tan oladi.Shundan soʻng bariga qoʻl siltab darveshlik qiladi.Asarda Kasatskiyga Pashenka obrazi zid qoʻyiladi,yaʼni Kasatskiyning oʻzi aytganidek, "Pashenka men boʻlishni istagan,ammo boʻlolmagan odam" edi.Pashenka oʻzini risoladagidek xudojoʻy hisoblamasdi,el qatori ibodat qilishini,roʻzani ham istasa tutishini aytgandi.Biroq Xudoga qalbidan joy bergandi,Xudosi bor edi.Zero, "har kimning qalbida bir Xudo sigʻadigan boʻshliq bor boʻlib,hamma uni oʻz xohishicha toʻldiradi."
Pashenka haqida oʻqidim-u xayolimda annam gavdalandi,uning koʻzlaridan Xudo boqib turgandek tuyilardi menga.

Xullasi kalom,Tolstoy shunday demoqchi:Xudoni topishning hech qanday amallarga bogʻliqligi yoʻq,u mutlaqo botinning ishidir.