2020-07-22 08:48:59
#SOS #tarqating #bemorlar_uchun
3 kun avval boshlagan ishlarimizga, sun'iy ravishta o'plkani nafas oldiruvchi (Искусственный вентиляция легких ИВЛ) uskunani yasab aholiga, Viloyatlarga yetkazish va shahar shifohonalariga tekinga tarqatishimiz uchun biroz yordamlaringiz kerak bo'lmoqda.
Siz bu uskunani Xitoydan 370$ ga xarid qilishmoqchi bo'layotgan "кислородный концентратор" bilan almashtirib yubormang. U biz yasayotgan uskunaning bir qismi. Biz yasayotganimiz IVL aparat minimum 8000$ turadi. Lekin bu narxga ham topib bulmadi. Hozir tanqislik sabab 14.000-20.000$ ga sotilmoqda. Bu uskuna o'pkaga og'iz qismidan shlan orqali tiqib qo'yilgan holda bemorga sun'iy havo yuboradi. Quyida, rasmlari mavjud.
Biz IVL aparatini 250-500$ dan maximum 2000$ ga ishlab chiqishimiz mumkin. Bu sarf xarajatlar uskunaning sotib olinadigan qismlari uchun ishlatiladi. Biz hech qanday daromad qilish niyyatida emasmiz. Kislorodniy balonlari bilan tayyorlasak balki ozroq qimmatroq bo'lar, lekin, in shaa Alloh tekin tarqatmoqchimiz. Balki, kimlardir homiylik tomondan yana kimlardir bizga zarur bo'lgan ehtiyot qismlardan kimlardir o'z mehnati kasbiy faoliyati bilan, hech bo'lmasa bemorlari haqqiga duo bilan yordam beriylar. Qanchalik imkoniyatingiz bo'lsa, imkoniyatingiz yetganicha yordamlashsalaringiz va bemorlarimizga befarq bo'lmasliklaringizni iltimos qilaman.
1. Shifokorlar:
Ushbu sohani yaxshi tushunuvchi. IVL aparatlar bilan ishlagan 3-4 nafar Shifokorlarning yordamlari zarur. Ularning, o'pka, yurak urushi hamda qon bosimini bir birlariga mutanosib ishlashini bizning uskunada meyorlashtirish uchun tavsiyalari lozim.
2. Programmistlar: Software
- Android
- C++
kabilarni yaxshi tushunuvchilar:
3. Elektronika qismi uchun:
-PLC
-Arduino
-Atmega controller / kabilarni biluvchilar:
4. Design
-3D max Dizayner - tashqi ko'rinishi uchun,
-3D kompus Disayner - qismlarga bo'lingan detallarni chizib tayyorlash uchun,
-Solidworks, NX11 programs simulation qilishni biladigan kishilarning yordamiga muxtojmiz.
Detallar ish mobaynida yig'iladi. Detallarni yig'ish uchun:
5. 3d printer 20 ta kerak. Hozircha 4 ta bor. Aslida qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi tezroq ko'p miqdorda chiqarardik.
6. Stepper mator. Har bir IVL uchun 1 tadan kichik kuchlanishligiga, 2 tadan kuchliroq bosim uchun.
7. Laser aparat (akril, faner kesadigan)
8. Filament (3D printer uchun)
Boshlanishiga bir oyda eng kamida 100 ta ishlab chiqaraolsak. Katta yutiq bo'lardi.
Tushunarliroq bo'lishi uchun rasm va vidiolarni ko'ring. Vidioda biz tayyorlagan Protatip. Bunga hali ko'plab ishlov berish kerak. Keyinchalik qanday holatda bo'lishini rejalashtirayotganimizni ham ko'rishingiz mumkin.
Ba'zilar karta qo'yganimni noto'g'ri tushunishadi. Man pul yig'ish niyyatida emasman. Kim bo'lsa ham kerakli detallarni olib berishsa bo'ldi. Pul yig'ish masʼuliyatni bo'ynimga ololmayaman.
Telegram: @mr_insider
Telefon: +998977005060
Alloh barchamizdan rozi bo'lsin.
Бошқаларга хам улашинг.
Бизга қўшилинг.
@xastauz
467 viewsOdilhon Islomov, 05:48