Get Mystery Box with random crypto!

Dasturchi bo'lmoqchiman lekin buning iloji yo'q Kel, sen bila | Dasturlash asoslari

Dasturchi bo'lmoqchiman lekin buning iloji yo'q

Kel, sen bilan nega hali ham dasturlashni boshlay olmaganing haqida gaplashamiz. Odatda senda turli xil sabablar bo'ladi va ularni hozir birma-bir ko'rib chiqamiz:

- Dasturlashni nimadan boshlashni bilmayman - Internetga kirsang dasturlash bo'yicha juda ko'p ma'lumot topishing mumkin, ular yordamida bemalol boshlay olasan

- Chet tillarini bilmayman - hozir o'zbek tilida ham sifatli resurslar yetarli: Mohirdev, @sariqdev, @mayoquz va bir qancha vloggerlarning sifatli videolari yordamida bemalol dasturlashni boshlab olishing mumkin

- Matematikam juda yomon - dasturlashni boshlab olish sendan chuqur matematik bilim talab qilmaydi. Birinchi boshlab ol, kerak bo'lsa yo'l-yo'lakay o'rganib olasan

- O'rganay desam o'quv markazlari juda qimmat - tepada aytganimdek tekin resurslar ham talaygina, ular yordamida o'rgan

- Noutbukim kuchsiz - boshida senga kuchli noutbuk kerak emas, oddiysidan boshla, keyin yaxshilab olasan

- Har kuni 8 soat ish, vaqtim yo'q - bir kunda 24 soat vaqt bor, 8 soatni ishga sarflasang senda 16 soat qoladi. Vaqtingni TikTok, Instagram, futbol yoki seriallar uchun sarflamasdan dasturlashni o'rganishga yo'naltir. Aytgancha, ishlab qo'shimchasiga dasturlashni o'rganyotganlar ham yo'q emas

- Yoshim kattalik qiladi - sizdan kattalar ham dasturlashni o'rganishyabdi

- Hech narsani tushunmayabman - tushunishga harakat qilib ko'rdingmi? Internetdan savolinga javob izladingmi? Hozirda savollarga bemalol Internetdan javob olsang bo'ladi

- O'rganganim bilan ishga olishmaydi - Internetda juda ko'p ish e'lonlari berilgan, o'zi ish topish uchun nima qilib ko'rding? Kuchli bilim va boy portfolio'ga ega bo'lsang albatta ish topasan

- Tekinga ishlatishmoqchi - hech kim boshida seni o'rganishing uchun oylik to'lamaydi. Ozgina ishlab, loyihaga o'z hissangni qo'shsang, albatta rozi qilishadi

- Bugun kayfiyatim yaxshi emas, ertaga boshlayman. Yo'q, undan ko'ra kelayotgan hafta dushanba albatta boshlayman. Eng yaxshisi baribir yilni boshida boshlash bo'ladi - chin dildan xohlagan yo'lini qidiradi, xohlamagan esa bahona

Birovni aldash yomon, o'zini aldash esa undanda yomonroq

@ulugbeksamigjonov