Get Mystery Box with random crypto!

Ish haqi taxminan 50 000 so’m bo’lgan insondan ishini qilib bo | Dalil uz

Ish haqi taxminan 50 000 so’m bo’lgan insondan ishini qilib bo’lgach “qancha bo’ldi” deb so’rasam 50 000 yoki “berganizzi bering” deyishadi. Ya’ni ular ko’proq pul undirib olishni maqsad qilishmaydi. Men ularga 150 000 beraman. Ular “bu ko’pku” deb xursand bo’lib qolishadi. Lekin ayrim insonlar meni puldor deb o’ylab 150 000 so’raydi. Shunda men atayin darrov 150 000 chiqarib beraman. Unga “ko’proq so’rasam bo’lar ekan” degan fikr kelib birdan tushkun kayfiyatga tushib qoladi. Yuzi bittada o’zgaradi. Men esa buni ko’rib maza qilaman. Ikki toifadagi inson bir xil pul olyapti, biri xursand bo’lib yuradi ikkinchisi esa depressiyada yuradi

Ochko’zlik bu insondagi eng jirkanch fazilat! Ochko’z inson xech qachon baxtli bo’lmaydi!


https://t.me/Daliluzb