Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum, talaba do'stlar! Argument: Men bugun shuni | Daily Notes | Lazizbek Toshpulatov

Assalomu alaykum, talaba do'stlar!

Argument: Men bugun shuni yana bir bor angladimki, har qanday ishning natijasi sizning qo'lingizda emas!

Isbot: Tasavvur qilaylik, siz uyingizning tomorqaga sabzavotlardan biri bo'lmish kartoshka ekyapsiz. Siz kartoshka yaxshi o'sishi uchun har qanday ishni qilasiz, masalan, kerakli o'g'itlarni solasiz, vaqtida sug'orasiz. Muommo shundaki, kartoshka o'sib chiqib hosil beradimi, foydalanishga yaroqli bo'lishi sizni qo'lingizda emas. Agar shunday bo'lsa, siz kartoshka urug'ini ekmasdan turib ham undan hosil olgan bo'lardingiz.

Holat:
- Laziz, IBM (Introduction to Business - Biznesga kirish) fanidan midterm (oraliq baholari) nechchi chiqdi siznki?
- 100 % dan 83 % oldim
- Rosdanmi, qanday qilib, siz mendan yaxshi bilar ediingizku!
- Men: ................................

Xayolimda aytmoqchi bo'lgan gapim:

Ha, to'g'ri: Men juda tayyorlangandim, men sababini qildim, ammo 83% foiz esa natija. Bundan xulosa olib, xatolarni to'g'rilab davom etish kerak.

#natija #harakat