4U savdo sarlavhasini qanday yaratish mumkin? 1950-yil 'rekla | Kopirayting 3.0
4U savdo sarlavhasini qanday yaratish mumkin?
1950-yil "reklama otasi" Devid Ogilvi muvaffaqiyatli sarlavha formulasini ishlab chiqdi. 4U qoidasiga ko'ra, sarlavhangiz 4 ta elementni o'z ichiga olishi kerak:
1. Noyoblilik
Sarlavha tinglovchilarga qadr-qimmatni yetkazishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, u qandaydir foyda haqida gapirishi kerak. Potensial mijozingiz qiziqqan asosiy narsani aniqlashingiz kerak.
2. Foydalilik
Sizning mahsulotingiz qancha foyda keltiradi? Foyda o'lchov birliklarida ifodalanadi. Qancha yoki necha foizda sotishni oshirasiz yoki xarajatlarni kamaytirasiz? Siz pul, raqamlar, foizlar va boshqalarni ko'rsatishingiz mumkin.
3. Shoshilinchlik
Shoshilinchlik – o'quvchiga hozir harakat qilishni aytadi yoki mijozga va'da qilingan foyda olish uchun zarur bo'lgan vaqtni ko'rsatadi. Unga aniq muddatni sarlavhaga yozib, yordam bering. Bu sizning jumlangizni ongsiz ravishda "uzoq kelajakda" toifasidan haqiqiy vaqt oralig'iga o'tkazadi.
4. O‘ziga xoslik
Sarlavhada mijoz va'da qilingan foydani olish vaqtini ko'rsating. Sizni bozorda va sizni raqobatchilaringizdan nima ajratib turadi? Mahsulot o'ziga xos, ishonchli bo'lishi kerak. Siz taklif qilayotgan narsa ma'lum omillar tufayli yozilishi kerak.
4U sarlavhalariga misollar:
1U – Saytingizda sotishni oshiring 2U – Veb-saytingizdan sotishni 200% ga oshiring 3U – 28 kun ichida saytingizda sotishni 200% ga oshiring 4U – Digital marketing bilan 28 kun ichida veb-saytingizda savdoni 200% ga oshiring
Oʻzbek tilidagi kopirayting blogi. Shaxsiy blog: @matnchidan. Kopirayter kerakmi? @copirayter ga yozing. You Tube'da bepul darslar: https://youtube.com/@kopirayting. *blogda reklama narxi: 40 $...