Get Mystery Box with random crypto!

yoza olganlarim

Telegram kanalining logotibi cooleddowncoffee — yoza olganlarim Y
Telegram kanalining logotibi cooleddowncoffee — yoza olganlarim
Kanal manzili: @cooleddowncoffee
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 54
Kanalning ta’rifi

Kimdir sizga atab she'r yozganmi? Baxt - ana o'sha she'rning misralaridir. 🤍
@realseva ᴄᴏɴᴛᴇɴᴛ ᴍᴜᴀʟʟɪғʟɪᴋ ʜᴜǫᴜǫɪ ʙɪʟᴀɴ ʜɪᴍᴏʏᴀʟᴀɴɢᴀɴ.
shaxsiy hayotga aloqasi yo'q she'riy blog.

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-10-22 20:13:44 Tabibimga tabrigim... (iltimosga binoan) Tong otdi qarshimda, go'zallik bilan, Tabassuming ko'rsam, yayraydi dilim. Menga kulib qo'ygin, nozlaring bilan, Axir qancha kutdim, shu kunni, gulim. O'zga quyosh, iliq, misli tuyg'ular, Atrof ham yanada yorqinlashmoqda!…
301 views17:13
Ochish/sharhlash
2022-10-22 20:13:40 Tabibimga tabrigim...
(iltimosga binoan)

Tong otdi qarshimda, go'zallik bilan,
Tabassuming ko'rsam, yayraydi dilim.
Menga kulib qo'ygin, nozlaring bilan,
Axir qancha kutdim, shu kunni, gulim.

O'zga quyosh, iliq, misli tuyg'ular,
Atrof ham yanada yorqinlashmoqda!
Kel, bizga yot bo'lsin alam-qayg'ular,
Axir mening sevgim yaqinlashmoqda.

Dilimdan ko'chmaydi senga so'zlarim,
Yayragin, bag'rimda jo'sh urgin, ohu.
Negadir, tilim ham ojiz, ko'zlarim
Sening sevging ila to'la, sen - jodu.

Yuksalgin, g'alabang quvnatsin meni,
Tabib bo'lsang, yongan bag'rim seniki.
Alloh qo'llab tursin, yashnatsin seni,
Faqat yonimda qol, umrim seniki.

O'n olti yosh bo'lding, mening malikam,
Hali ham esimda uchrashganimiz.
Bir ko'rib sevganim, qo'rquv, tahlikam,
Qancha urishgan-u yarashganimiz.

Niyatga yetaylik, bo'lay sen bilan,
Yaxshi-yomon kunmi, doim yoningda.
Ko'nglingga qarayman, qolsang men bilan
Hafa qildirmayman, sevgim, yonimda!

@realseva
309 views17:13
Ochish/sharhlash
2022-09-04 22:03:44 Tabibimga... Farishtasan balki, yot qiyofada? Negadir siymoying nurni eslatar. Shunchalik ham yaxshi odam bormikan? Sirli, shirin so'zing - har tun allalar. Yaxshisan, shunchaki, juda yaxshisan, Bilmadim, sevgi deb atash mumkinmi? Teran fikrlaring, g'aroyib…
711 views19:03
Ochish/sharhlash
2022-09-04 22:03:33 Tabibimga...

Farishtasan balki, yot qiyofada?
Negadir siymoying nurni eslatar.
Shunchalik ham yaxshi odam bormikan?
Sirli, shirin so'zing - har tun allalar.

Yaxshisan, shunchaki, juda yaxshisan,
Bilmadim, sevgi deb atash mumkinmi?
Teran fikrlaring, g'aroyib ba'zan:
"Faqat bu dunyo deb yashash mumkinmi?"

Uchrashgan kunimga rahmat, avvalo,
Sendek kuchli inson - yaqinim bo'ldi.
Allohga hamd bo'lsin, ko'rsatganiga
O'zgartirding meni - yarimim to'ldi.

@realseva
732 views19:03
Ochish/sharhlash
2022-09-03 18:04:18 U shunchalik hissiyotlarga berilib o'qirdiki, undan keyin kitobning varag'i tekislanmasdi.

@realseva
693 views15:04
Ochish/sharhlash
2022-09-03 06:01:58 Men tengilar sevgi va baxt og'ushida mast yurgan paytlar, men ushbu atamalarning tushunchasini anglay olmay kun o'tkazardim.

Sevgimni inson qiyofasida ko'ra olmay, baxtimni hozirgi kunlarimda his qila olmay, ruhiyatim o'zini kishanlangandek tutardi.

@realseva
645 views03:01
Ochish/sharhlash
2022-09-02 22:55:01 o'ziga manfaat bo'lmasa, yaxshilik qila olmaydigan darajada xudbinlashib ketyapmiz.

@realseva
586 views19:55
Ochish/sharhlash
2022-09-02 22:00:22 Hayotdan nolima, bari o'tkinchi,
O'n besh kun qorong'u, o'n besh kun yorug'.
Atrofda quyosh bor, har tong kulguvchi,
Qara, Alloh nurdan qilmadi forig'.

Bir kam dunyo ekan, bitta kam dunyo,
Hammasi kutganday bo'lavermaydi.
G'ubor to'la dunyo, to'la g'am dunyo,
Har safar omading kulavermaydi.

Eshit, do'stim, she'rdan xulosa qilgin,
Yuzdan kulgu ketmasin, qalbdan quvonch.
Kelajak qo'lingda, kuchlisan, bilgin,
Senga ishonuvchi qizaloq - Sevinch.

yakuniy 6-qism, e'tibor uchun rahmat.
@realseva
575 views19:00
Ochish/sharhlash