Get Mystery Box with random crypto!

Seva, Realseva, Sevinch - kim o'zi? Batafsil ma'lumot istays | yoza olganlarim

Seva, Realseva, Sevinch - kim o'zi?

Batafsil ma'lumot istaysizmi?

Boshladik, ushbu blog asoschisi, mashhurlik qozonmagan havaskor shoira - men.

Yoshim 16-18 oralig'ida. 30-may kuni tug'ilganman (tabriklar kutaman))).

O'zbekiston Respublikasi, Toshkent va Samarqand viloyatidanman, desam to'g'ri bo'ladi.

Tibbiyot va psixologiya qiziqtiradi. Tillardan esa rus, ingliz, yapon... sanasam ko'p. Post yozadigan darajada faqat rus va o'zbek tilini bilaman. Ingliz tili - o'rganish jarayonida. Qolganlari keyingi rejalarim.

Qiziqadigan fanlarim aniq, tibbiyot poydevori bo'lmish - biologiya va kimyo.

Blog yuritishdan asosiy maqsad - odamlarga ozgina bo'lsa ham foyda tegishi. Postlarim kimgadir manfaat keltirsa, xursand bo'laman.

Yangi do'stlar orttirishga qarshi emasman. Insonlardagi samimiylik, yumor tuyg'usi yoqadi. Hayotda maqsadi yo'q, yashayotgan kunlari bir xil va zerikarli odamlar bilan deyarli suhbat qura olmayman.

Ambivert - introvert va ekstravert oralig'idagi odamman. Temperamentim: sangvinik.

Realistman, hamma narsani boricha qabul qilishga harakat qilaman.

Ijtimoiy tarmoqlarda faol emasman. Faqat telegram - nisbatan ko'proq foydalanadigan tarmog'im. Auditoriyamda kitobxonlar bo'lishi quvontiradi.

O'zingizni yaxshi ko'ring, shunda sizni ham yaxshi ko'rishadi.

Qadrli insonlarim uchun, Sevinch.