Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Jamiyatimiz shu darajaga bordiki, bugun ota - ona farzandi | -Comet

​​​​Jamiyatimiz shu darajaga bordiki, bugun ota - ona farzandini eshitmaydi, qiziqishlarini inobatga olmaydi, natijada bola bo'shliq bilan ulg'ayadi. buning sabablari turlicha bo'lishi mumkin. vaholanki, tinglanmagan, qo'llab quvvatlanmagan bola ertaga qanday boshliq, ona, bo'lsin? charxpalak shunday davom etaveradi.

ammo men istardimki, menda yo'l qo'yilgan - xatolar demaylik, tajribalar farzandlarimda takrorlanmasin. ayni paytda ular uchun qila oladigan eng katta yaxshiligim qarashlari ustida ishlash va olingan tajribalarni to'plab hayot kitobimni xulosalarini yozib chiqish va ko'proq kuzatishdir.

men istardimki - bolalar ko'proq tinglanishini, tushinilishini, qiziqishlariga nisbatan qiziqishlar bildirilishini, eng ko'pi ota - onalarining dunyoqarashi keng bo'lishini. farzand qanday qaror chiqarishini, xato bo'lganda ham to'g'ri tushintirb  berishsin-ki, katta bo'lganda travmalar bilan ulg'aymasin.


istayman-ki, ota-onalar farzandlariga yetarlicha vaqt ajratishsin: ilk qadamlarini qanday bosgani-yu, birinchi maktabga chiqqani, qaysi o'qituvchisi koyib bergani-yu, kimni yoqtirib qolgani, chalkash hislari haqida bilishsin. nima uning kayfiyatiga ta'sir qiladi-yu, qaysi munosabatlar unga qiyinchilik tug'diradi. bularni hammasini "kel men sening do'stimsan" deya hal etilisin birgalikda.

@comet_d