Get Mystery Box with random crypto!

«Future Skills Uzbekistan» – respublika miqyosidagi tanlov Oʻ | yangi kanalimizga a'zo bo`ling @Coderlanduz

«Future Skills Uzbekistan» – respublika miqyosidagi tanlov

Oʻzbekiston Respublikasi axborot va kommunikatsion texnologiyalar vazirligi, IT Park, Artel Group, RevoTech
va Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan IT maktabi bilan hamkorlikda «Future Skills Uzbekistan» Respublika tanlovi haqida maʼlum qiladi.

Tanlov ikki yoʻnalishda boʻlib oʻtadi:

1. Muhandislik loyihalari;
2. Robototexnika.

Ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlarda oʻz loyihalarini taqdim qilishlari lozim boʻladi:

Muhandislik loyihalashtirish yoʻnalishlari;

Sanoatni avtomatlashtirish;
Qishloq xoʻjaligini (agrosanoat kompleksi) avtomatlashtirish;
Logistikani avtomatlashtirish;
Mashinasozlik;
Avtomobilsozlik;
3D modellashtirish va prototiplashtirish.

Robototexnika yoʻnalishlari:

Tibbiyot robotlari;
Maishiy robotlar;
Manipulyatorlar;
Androgen robotlar;
Robosimulyatorlar.

Roʻyxatdan oʻtish 2020-yilning 24-iyulidan 1-sentyabriga (shu kuni ham) qadar amalga oshiriladi.

Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻting: https://clck.ru/PqWSS

Tanlov haqida yanada batafsil maʼlumot: www.futureskills.uz