Get Mystery Box with random crypto!

Urinib ko'ring Tasavvur qiling, qarshingizda minglab eshiklar | ⛵Chustiy🌱

Urinib ko'ring

Tasavvur qiling, qarshingizda minglab eshiklar turipti: ularning qaysilari siz uchun ochiq ekanini bilmaysiz. Ochib ko'rishga esa qo'rqasiz, "balki yopiq bo'lsachi? balki hali fursati kelmagandir? balki hali tayyor emasdirman?". Lekin bilmaysizki, har bir eshikning o'z "taymeri" bor, ya'ni eshikning siz uchun qancha vaqt ochiq turishi. Shu vaqt o'tgach eshik siz uchun butunlay yopiladi. Afsuski siz bu vaqtni ko'rmaysiz, butunlay yopilib qolganlarini ham ochiqlaridan ajrata olmaysiz. Vaqt o'tgani sari esa siz ochishingiz mumkin bo'lgan eshiklar soni kamayib boraveradi.

Hayotda imkoniyatlar ham shu eshiklarga o'xshaydi: umringiz o'tgani sayin sizda nimalargadir urinib ko'rishga imkoniyatlaringiz kamayib boraveradi. O'zingiz izlagan manzilga esa aynan qaysi eshik olib borishini bilmaysiz. Bilishning bitta yo'li bor: unirib ko'rish. Kutmang. Ikkilanmang. To'xtamang. Urinib ko'ring.