Get Mystery Box with random crypto!

Chortoq live | Расмий

Telegram kanalining logotibi chortoqlive — Chortoq live | Расмий C
Telegram kanalining logotibi chortoqlive — Chortoq live | Расмий
Kanal manzili: @chortoqlive
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.65K
Kanalning ta’rifi

Айни пайтда сиз Чортоқдаги энг йирик ва энг машҳур каналдасиз!
Юртдошим сафимизга қўшилинг!
🆕 Янгилик ва мурожаатлар учун:
✍️ @musaboyev | 99895-020-55-20
Гуруҳимиз: @chortoqliklar_24
❗️Маъмурият реклама учун жавобгар эмас.

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-06-09 15:24:16 Bugun Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Abdushukur Xudoyqulovich Xamzayevning ishonchli vakili Abdug‘affor Nazarovning saylovchilar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda O’zEP Namangan viloyati va Namangan shahar Kengashi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari, Yoshlar parlamenti a’zolari, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi hodimlari ishtirok etishdi.

Ishonchli vakil A.Nazarov yig‘ilganlarga nomzodning tarjimai holi va saylovoldi dasturini taqdim qilib, dasturdagi asosiy jihatlarni tushuntirib "Yashil taraqqiyot uchun" shiori ostidagi saylovoldi dasturining bosh maqsadi - mamlakatda ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish, "Yashil" iqtisodiyotga oʻtishni jadallashtirish orqali aholimizning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqlarini roʻyobga chiqarish, xalqimiz va kelajak avlod uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda farovon jamiyatni barpo etishdan iborat ekanligi toʻgʻrisida alohida taʼkidlab oʻtildi.

@Namanganekopartiya
213 views12:24
Ochish/sharhlash
2023-06-09 15:23:56
206 views12:23
Ochish/sharhlash
2023-06-09 13:51:35 Ishonchli vakil saylovchilar bilan uchrashmoqda

Oʻzbekiston “Adolat” SDP dan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga koʻrsatilgan nomzod Robaxon Anvarovna Maxmudovaning Namangan viloyatidagi ishonchli vakili, xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati, partiyaning viloyat Kengashi raisi Isroiljon Joʻrayevning Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi saylovchilari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda faoliyat olib borayotgan xodimlar, xotin-qizlar va yoshlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Nomzodning saylovoldi dasturida koʻtarilgan masalalar partiyaning maqsad va gʻoyalariga hamoxang ekanligi eʼtiborli. Huquqiy davlat, ijtimoiy adolatni qaror toptirish, fuqarolik jamiyatini barpo etish, iqtisodiyot, taʼlim va ilm-fan, sogʻliqni saqlash, ekologiya, oilani mustahkamlash, yuksak maʼnaviyatli jamiyat qurish, tinchliksevar tashqi siyosat. Bu yoʻnalishlarning har biri dolzarb va ahamiyatli.
Tadbirda soʻz olgan partiya faollari va xotin-qizlar nomzodning saylovoldi dasturi yuzasidan oʻz fikrlarini bildirib, uni qoʻllab-quvvatlaladi.
Uchrashuv fikr va mulohazalarga boy boʻlgan uchrashuv soʻngida saylovchilar qiziqqan savollarga ishonchli vakil tomonidan batafsil javoblar olishdi.

Adolat SDP Namangan viloyati Kengashi
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram Instagram
Facebook Web-sayt

Каналга уланиш: @ChortoqLive
224 viewsedited  10:51
Ochish/sharhlash
2023-06-09 13:51:35
208 views10:51
Ochish/sharhlash
2023-06-09 12:56:59 ​​Ҳоким ёрдамчиси пора олган вақтида қўлга олинди

2023 йил 7 июнь куни ҳуқуқни мухофаза қилувчи органларга, фуқаро ариза билан мурожаат қилиб, унда Самарқанд шаҳар Шукрона маҳалласида маиший хизмат кўрсатиш йўналишида тадбиркорликни йўлга қўйиш мақсадида, Халқ банки Самарқанд шаҳар филиалидан кредит олмоқчи бўлиб юрган вақтида, Шукрона МФЙда ҳоким ёрдамчиси лавозимида ишловчи шахс унинг ишончига кириб, банкдаги мансабдор танишлари орқали 150 миллион сўм миқдорида кредит чиқариб бериш эвазига 1500 АҚШ доллари миқдоридаги пулларни талаб қилиб келаётганлигини маълум қилиб, унга нисбатан қонуний чора кўришни сўраган.

Мазкур аризага асосан, Самарқанд вилояти ИИБ Тезкор-қидирув хизмати ЖҚБ Коррупция ва иқтисодий жиноятларга қарши курашиш бўлими, ДХХ Самарқанд вилояти бошқармаси ва Департаментнинг Самарқанд вилоят бошқармаси ходимлари хамкорлигида ўтказилган тезкор тадбир давомида, Самарқанд шаҳар Сайфи Сарой кўчасида жойлашган Шукрона МФЙ биноси ёнида ҳоким ёрдамчиси ариза муаллифидан 1500 АҚШ доллари миқдоридаги пулларни олган вақтида ашёвий далиллар билан қўлга олинди.

Мазкур ҳолат юзасидан Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг тегишли моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Самарқанд вилояти ИИБ Ахборот хизмати

Ўтган ойда ҳам Навоий вилоятида ҳоким ёрдамчиси 25 млн. сўм кредит учун 100$ ва 900 минг сўм олаётган вақтда қўлга олингани ҳақида хабар берилган эди.

@ChortoqLive
225 viewsedited  09:56
Ochish/sharhlash
2023-06-09 09:54:20
#Bilasizmi

Fuqaroning doimiy yashash joyi bo‘yicha ma'lumotnoma qanday olinadi..!

Doimiy yashash joyi bo‘yicha ma'lumotnoma olish interaktiv davlat xizmatlari orqali my.gov.uz oraqli olish mumkin bo’ladi.

Ma’lumotnoma olish uchun id.egov.uz orqali ro’yxatdan o’tilgan xolda yoki mobile id orqali my.gov.uz platformasiga kiriladi.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

Arizaga real vaqt bilan javobino olish mumkin.

Ma’lumotnomani bir vaqtning o’zida O’zbek va Rus tillarida olish mumkin bo’ladi.

Uychi tumani Adliya bo’limi Davlat xizmarlari markazi
Aloqa operatori Abbos Sirojitdinov

@ChortoqLive
263 viewsedited  06:54
Ochish/sharhlash
2023-06-09 08:20:16
Бугун 9-июнь Наманган Давлат унверситети Курилиш ишлари ва хужалик ишларини тулик бошкариш, назорат килиш буйича бош мухандиси Паттаев Рахматиллонинг таваллуд кунлари.

Шу муносабат билан "ChortoqLive" Паттаев Рахматиллони муборакбод этади.

Соғлик-саломатлик, оилавий бахт, омад тилаб қоламиз. Эл-юрт равнақи йўлида амалга ошираётган ишларингиз бардавом бўлсин!

Каналга уланиш: @ChortoqLive
292 views05:20
Ochish/sharhlash
2023-06-09 08:11:19
Rossiyaning Nufuzli Universiteti IMTIHONI ga Taklif qilamiz!
Grant o'rinlar soni: 413 ta

Namangan shahrida Rossiyaning Nufuzli Universitetiga ochiq IMTIHON bo'lib o'tadi.
Universitet Imtihoni 3 ta fandan bo'ladi.
Grant o'rinlar soni: 413 ta, Kontrakt: Joylar cheklanmagan.
Imtihon kuni: 15 Iyun.

Universitet afzalliklari:
O'zbekistonga o'qishni ko'chirish imkoniyati!
O'zbekistonga Diplom o'tadi!
Work & Travel Dasturi
4 yil Mutloq BEPUL O'qish!
Barchaga Oyiga 100$ gacha Stipendiya

BEPUL IMTIHONGA RO’YXATDAN O’TISH UCHUN

Manzil: Namangan shahri, Boburshox ko'chasi, 11-maktab
Mo'ljal: Boss Milk oshxonasi to'g'risida

999841001 | 999861001

Telegram  |  Instagram |  Telegram
296 views05:11
Ochish/sharhlash
2023-06-08 19:17:09
Assalomu aleykum xurmatli Chortoqlik yoshlar sizlar uchun 9-iyun kuni KOROSKON shaxarchasida joylashgan 3-maktabda "YOSHLAR OYLIGI" doirasida yoshlar festivali bo'lib o'tadi.

Festival doirasida
1. Bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik
2. Yoshlar mexnat yarmarkasi.
3. Sportning 7 turi bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tadi.
4. "Yoshlar Oqshomi" gala konserti bo'lib o'tadi.

Barcha yoshlarni ajoyib shouga taklif etamiz.

@ChortoqLive
329 viewsedited  16:17
Ochish/sharhlash
2023-06-08 17:42:40
Ортиқча анонс шарт бўлмаган учрашув.

Жамоаларни айни дамдаги даражасидан келиб чиқиб айтамизки айни вақтдаги Чортоқдаги икки гранд жамоа тўқнашуви.
Про лиганинг сўнгги икки йилдаги ғолиблари. Янги тонг жамоаси 2021-йил мавсум ғолиблигини қўлга киритган бўлса. Рома эса ўтган мавсум олтин медалларини ўзиники қилган эди.

Барчани бугунги шиддатли учрашувларимизга таклиф этамиз!!!

@ChortoqLive
331 views14:42
Ochish/sharhlash