Get Mystery Box with random crypto!

Аyrim hududlarda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo | CHORTOQLIKLAR | Chortoq Axli

Аyrim hududlarda elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Joriy yilning 18 noyabr, juma kuni
Chortoq tumanidagi 110/35/10 kVli "Ulug'bek" nimstansiyasi T-1 1-SSh 10 kVda rejali joriy ta’mirlash ishlari olib boriladi. Buning natijasida shu kuni soat 10:00 dan soat 18:00 ga qadar "Soz-soy" , "Zangobod" va "Bog'iston" hamda 35/10 kvli "Gulshan" nimstansiyasida yangi qurilma o'rnatish ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 10:00 dan 18:00 gacha "Oromgoh", "Gulshan", "Chorsu", "Soy", "Obod diyor" va "Guldirov" mahalla fuqarolar yig'ini hududida iste’molchilarga elektr energiyasini yetkazib berilishida vaqtinchalik uzilishlar sodir bo‘ladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, iste’molchilardan keltiriladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

“Ishonch telefoni”
69-412-11-05

"Chortoq TETK"

@CHORTOQ_AXLI – Тезкор ва ишончли хабарлар макони!!!