Get Mystery Box with random crypto!

Urgutlik bilimga chanqoq o'quvchilar va ularning ota-onalari d | Chorraxalik yoshlar

Urgutlik bilimga chanqoq o'quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!

SamDU huzurida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab 2023-2024-o'quv yili uchun 7-8-9 sinflarga o'quvchilar  qabulini e’lon qiladi.

Ushbu ixtisoslashtirilgan maktabda o'qish istagida bo'lgan o'quvchilar joriy yilning 15-iyunidan 25-iyun kuniga qadar hujjatlarini Urgut tumani "Pastki Kalangar" mahallasidagi sobiq Akademik litsey binosida joylashgan shtabga taqdim etishlari mumkin.

Taqdim etiladigan hujjatlar ro'yxati:
1.Maktab direktori nomiga ariza
2.Tug'ilgan to'g'risidagi guvohnoma nusxasi
3.O'quvchining fanlardan bahosi (tabelidan nusxa)
4.Maktabidan tavsifnoma

Eslatma: imtihonlar yozma va psixologik-pedagogik test shaklida olinadi. O'quvchilar aniq fanlar (matematika-fizika)ga ixtisoslashgan sinflarga  7-8 va 9-sinfdan qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: Direktor U.Xalilova (91) 524-46-72
@urgut_xabarlar