Get Mystery Box with random crypto!

Ul janona menga 'sevaman' deydi, Sening dardlaringni bilaman d | •Chiroyli So'zlar•

Ul janona menga "sevaman" deydi,
Sening dardlaringni bilaman deydi.
Senga bor-u yo'g'im beraman deydi,
Ammo, Onamchalik sevolmaydida.

Ishonaman der sirlarim o'qib,
Ishonganday bo'lar ko'zimga boqib.
Ba'zida ketadi so'zlari yoqib,
Ammo, Onamchalik ishonmaydida.

Dardga chalinsamda yonimda turar,
Joni achigandek holimga kuyar.
Begona bo'lsa ham jonidan suyar,
Ammo, Onamchalik kuyolmaydida.

Bror omadimni qo'lidan tutsam,
Chin do'stlar quvonar baxtiyor o'tsam.
Sevinib o'zimni osmonga otsam,
Ammo, Onamchalik quvonmaydida...

@Chiroyli_Soz