Get Mystery Box with random crypto!

«Cambridge» va «Najot Ta'lim» markazlari 2 mlrd 500 mln so'mli | CHIROQCHI24

«Cambridge» va «Najot Ta'lim» markazlari 2 mlrd 500 mln so'mli grant e'lon qiladi!

Loyiha doirasida kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan oila farzandlari uchun qiymati 2 mlrd 500 mln so'mli ta'lim granti ajratish ko'zda tutilgan.

Ushbu ta'lim grantida 15 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan yoshlarga 1 yilda davomida dasturlash, grafik dizayn va ingliz tilidan bepul ta'lim beriladi.

Nomzodlar Cambridge va Najot Ta'lim o'quv markazlari tomonidan motivatsion xat va suhbat asosida saralab olinadi.

Grantga ro'yxatdan o'tish jarayonlari 3-aprel soat 23:59 gacha davom etadi. Natijalar esa Ramazon oyining oxirigacha e'lon qilinadi.

«Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

Grant o'z egalariga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yetkazing.