Get Mystery Box with random crypto!

#imtihon2022 Oliy ta’lim vazirligi ijodiy imtihonlarni Antik | Kimyo laboratoriyalar / Chemistry laboratory

#imtihon2022

Oliy ta’lim vazirligi ijodiy imtihonlarni Antikorrupsiya agentligi bilan hamkorlikda nazorat qiladi

Unga ko‘ra, 1—10-avgust kunlari 46 ta OTMda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tadi.

2021/2022-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli o‘tkazish maqsadida jarayonlarni imtihon.edu.uz platformasi orqali jonli kuzatish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, ilk bor imtihon bo‘ladigan bino va maydonlarda o‘rganishlar olib borish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi.

Vazirlik va agentlik mas’ul xodimlari tomonidan jarayonlarning ochiq va shaffof tashkil etilishi, jonli efirga uzatilishi to‘liq nazorat qilinadi.

Bizni kuzatib boring
@Chemistry_Laboratoriya