Get Mystery Box with random crypto!

Bizni allaqachon unutdi taqdir, Endi hordiq olgin, tinim ber g | 💛

Bizni allaqachon unutdi taqdir,
Endi hordiq olgin, tinim ber g'amga.
O'rtada hech narsa qolmadi, axir
Sen endi hech kimim, hech kimim angla.

Derazaga boqqin, bir boqsang bo'ldi
Ko'rasan quyosh yo'q kunduz o'tdi tun
Bu yo'lda qancha jon qancha dil o'ldi
Men senga hech kimman, hech kimman angla

Holing chizay desam yetmadi tasvir
Darding ko'tarolmay she'r sindi qara
Azizim, ne qilay qaytsinmi taqdir?
Qaytsinmi, qaytsinmi azoblar yana.

Voh, ko'zni chirt yumib qismatni ichdim
Mast-alast turibman she'r ichra tikka
Yolg'izim, hech kimim, aziz hech kimim!
Men seni sevaman taqdirsizlikda.