Get Mystery Box with random crypto!

Shu narsa haqiqatki, ilm baland va hashamdor binolar, shov-shu | 👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓📚CHDPU KITOBXON TALABA 📚👩🏻‍🎓👨🏻‍🎓

Shu narsa haqiqatki, ilm baland va hashamdor binolar, shov-shuv va jimjimador farmonlar ichiga yashirilmaganidek, faqirlik yoki mashaqqatlar ila toʻsib qoʻyilmagan, balki chin samimiyat, chuqur ixlos, goʻzal axloq, metin qat’iyat, begʻubor zehn va Allohning marhamati, adolatiga jo bo'lgan. Aks holda, tomi suvoqli uylarda tugʻilgan, loy kechib ulgʻaygan bolalar ulkan olim boʻla olmasdi. Ilm egalarini ulugʻlagan xalq yuksalgani kabi ilm egalarini izzat etmagan yurt qullikka, dahshatli zulmatga va bitmas-tuganmas muammolarga, qashshoqlikka mubtalo boʻladi.

“Ramazon kundaligi” kitobidan

@CHDPU_KITOBXONTALABA