Get Mystery Box with random crypto!

Ilming foydalari. Ilm farzi ayn amaldir. Uning barokati shunc | 👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓📚CHDPU KITOBXON TALABA 📚👩🏻‍🎓👨🏻‍🎓

Ilming foydalari.

Ilm farzi ayn amaldir. Uning barokati shunchalikki, Alloh subhana va taolo, sizni ilm bilan ne'matlantirib, ohirat hayotingizda ajrini ziyoda qilibgina qolmay, dunyo hayotida ham ko'pdan ko'p yaxshiliklar beradi, ilm tufayli.

Olgan ilmingiz bilan, siz Allohni taniysiz, iymon va taqvo mustahkam bo'ladi, bu ham ne'mat.
Ilm sabab, bilmaganlarga haqni bildirasiz, Alloh sizni sabab qilishi ham ne'mat.

Va eng asosiysi, sizni ilmli ayollar safidan etgani ne'mat.
Chunki siz, jamiyl ilm va farosat sabab, Ummat tarbiyalovchi murabbiyga aylanasiz.

Tasavvur qiling-a, siz bergan ilm tufayli nasllar sakinat topadi. Daryo kabi, davomli, ohiri yo'q Ne'matga aylanadi. Siz farzandingizga, farzandingiz o'z bolasiga.... Shu tariqa ketaveradi.

Ho'sh, shuncha ajr mukofotlar egasi bo'lishingiz mumkin ekanligini eshitib ham, jim o'tiraverasizmi, sustkashlik qilasizmi?

@CHDPU_KITOBXONTALABA