Get Mystery Box with random crypto!

Sizni hayratga soluvchi 17 ta qiziqarli fakt Agar muntazam ra | 👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓📚CHDPU KITOBXON TALABA 📚👩🏻‍🎓👨🏻‍🎓

Sizni hayratga soluvchi 17 ta qiziqarli fakt

Agar muntazam ravishda olam haqida biror yangi va g'aroyib narsalarni bilishga harakat qilsangiz, unda quyidagi qiziqarli faktlar aynan siz uchun. Bu yerda siz koinot, inson anatomiyasi, hayvonlar va sayyoramizdagi hayot haqida qiziqarli narsalarni bilib olasiz. 1. Ko'pi bilan 10 kishi muloqot qiladigan 500 dan ortiq til mavjud. 2. 2022 yili bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionatining finali hali mavjud bo'lmagan Lusail shahrida o'tkaziladi. 3. NASAning vertikal yig'ilgan binosi shu darajada kattaki, uning ichida ob-havo sharoitlarini, jumladan yomg'ir bulutlarini ham kuzatish mumkin. 4. Shaxmatda ehtimoliy partiyalar soni biz ko'rayotgan Koinotdagi atomlardan ham ko'proq. 5. Aleksandr Makedonskiy 22 yoshida dunyoning yarmini bosib olgan. 6. Kun davomida Hindistonning Mumbay shahri havosidan nafas olish 2,5 quti sigareta chekish bilan barobar. 7. Siz bu gapni o'qiyotgan paytingizda 25 000 000 ta hujayra nobud bo'lishga ulgurdi. Biroq bugun tanangiz 300 milliarddan ziyod yangi hujayralarni ishlab chiqadi. 8. Yer yuzidagi chumolilarning birgalikdagi og'irligi sayyoramizda yashovchi odamlarning birgalikdagi og'irligiga teng. 9. Har bir kishini kuniga zarur bo'lgan 2720 kaloriya bilan ta'minlash uchun Yer yuzida yetarlicha mahsulot ishlab chiqarilmoqda. 10. Ko'k kitning yuragi "Volkswagen Beetle” avtomobilining o'lchamiga teng, uning aortasi esa shu darajada kattaki, undan hatto odam ham emaklab o'tishi mumkin. 11. Inson miyasidagi qon tomirlarining uzunligi 160 000 km dan ortiq bo'lib, u Yer yuzasini to'rt marta aylantirib o'tishga yetadi. 12. Oyoq kaftida 250 000 ta ter chiqaruvchi bez joylashgan. 13. Siz bir chashka qahvani tovush energiyasi bilan isitishingiz mumkin, buning uchun unga 8 yil, 7 oy va 6 kun davomida qichqirishingiz kerak bo'ladi. 14. Agar ko'zlardagi gavhar olib tashlansa, ultrabinafsha nurlarni ko'rish mumkin. 15. Agar qutb ayig'ining jigarini yesangiz, A vitamini ko'pligidan nobud bo'lishingiz mumkin. 16. Axborotga ishlov berish uchun inson miyasiga qariyb 80 millisoniya vaqt talab etiladi. Bu biroz o'tmishda yashashimizni anglatadi. 17. Har bir inson quloqlarini qimirlata olish qobiliyati bilan tug'iladi. Agar o'zingizdagi bu qobiliyatni kashf etmasangiz, unda quloq qimirlashi uchun javob beruvchi mushak nobud bo'ladi.

@CHDPU_KITOBXONTALABA