Get Mystery Box with random crypto!

Go'zal qalb qissasi..! Bir kuni bir badavlat kishi kambag'al | 👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓📚CHDPU KITOBXON TALABA 📚👩🏻‍🎓👨🏻‍🎓

Go'zal qalb qissasi..!

Bir kuni bir badavlat kishi kambag'al odamga bir savat aynigan ovqat berdi. Kambag'al odam yuzida tabassum bilan savatni olib, qasrdan chiqib ketdi. Borib, savatning ichidagi narsalarini bo'shatib, tozaladida, unga eng chiroyli gullardan solib, yana qasrga qaytdi. Gul solingan savatni haligi badavlat kishiga berdi. Badavlat kishi bundan ajablanib, "Men senga savatda aynib qolgan ovqat bergan edim, sen bo'lsa savatni chiroyli gullar solib qaytaribsan?" dedi. Shunda kambag'al: "Har bir inson qalbida borini ulashadi. Qalbi go'zal bo'lsa go'zallikni, qalbi qabih bo'lsa qabohatni ulashadi", deb javob berdi.

@CHDPU_KITOBXONTALABA