Get Mystery Box with random crypto!

KITOBXON SEVISHGANLAR SUHBATI Azizim” qaydasiz!? “Jimjitli | 👨🏻‍🎓👩🏻‍🎓📚CHDPU KITOBXON TALABA 📚👩🏻‍🎓👨🏻‍🎓

KITOBXON SEVISHGANLAR SUHBATI

Azizim” qaydasiz!? “Jimjitlik”ka yormisiz yo?
- Ne qilay “Hijron kunlari” uzoq, men esa “Olis yulduzlar ostida” seni kutaman!
- So‘zlaringiz “Iqrornoma” bo‘lsa ham, “Yoz yomg‘iri” misol kutaman!
“Farg‘ona tong otguncha” kutaman, lek biroq siz kelmasligizdan qo‘rqaman!
-“Qo‘rqma” men “Kecha va kunduz” seni deyman, senga “Zarbumasal” atab, “Ming bir kecha” azobida “Yulduzli tunlar” ichra seni o‘ylayman!
- Yolg‘on so‘zlamang, bunday mardlar “O‘tkan kunlar”da qolgan yo “Farhod va Shirin”da qolgan!
        - So‘zlaring odamni “Muvozanat”dan chiqaradi, “Sabr daraxti”ni quritadi. Barchasi “Qora kitob”dan olinganmi deyman?! “So‘z latofati” bo‘lishi kerak! So‘z “Muqaddas”, axir.
        -“Jon” og‘rituvchi so‘zlar “Bobo so‘z izidan” deyman yo “Qutadg‘u bilik”danmi deyman?!
        -“Qiyomat”ku, qochrimlar! Dilni “Kuz” qilmang! “Molxona”dek hayotimizni tartibga keltirib “Jannati odamlar”dek yashaylik!
        - “Ityurak” bo‘lmang, hayotim “Molxona” emas,  so‘zlaringiz “Ro‘yo” go‘yo.
        - “Dunyoning ishlarini” qarang, unda men “Navoiy” siz “Jamila”siz! Qo‘ying endi “Urush va tinchlik”ni. Hali siz bilan “Ot kishnagan oqshom”da “Chinor” ostida ko‘rishamiz. Men sizga “Otello”ni o‘qib beraman.
        -So‘zlaringiz “Tushda kechgan umrlar”danmi deyman!? Bugundan biz “Dushman”miz!
- “Mahzun bo’lma”ng, “Hayot yiqilgan yeringizdan boshlanadi”  
 ……..
asarlar muallifi yodingizga tushdimi


@CHDPU_KITOBXONTALABA