Get Mystery Box with random crypto!

1-sentabrdan taksichilar ham o‘zini-o‘zini band qilib ishlay b | Carzone.uz – Хабарлар

1-sentabrdan taksichilar ham o‘zini-o‘zini band qilib ishlay boshlaydi

Prezident qarori bilan, 2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil oxiriga qadar yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilishi belgilangan. Bunda:

— litsenziya varaqasini berishda avtomobilning 10 yillik ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi;

— majburiy tibbiy va texnik ko‘rik muddati 1 yilda 1 marta qilib belgilanadi;

— o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilardan, shu jumladan yuridik shaxslardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji miqdori 300 ming so‘m etib belgilanadi.

Ma’lumot uchun, o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tiladi.

Bizning kanal: https://t.me/carzoneuz