Get Mystery Box with random crypto!

#recentlyfinished Bilaman mandan yaxshi prokrastinator chiqad | by honeybee

#recentlyfinished

Bilaman mandan yaxshi prokrastinator chiqadi)

Tuyani dumi yerga tegmasdan avval Factfulness’ni bitirdim. Avval hech qayerda o’qimagan, ko’rmagan ma’lumotlar, critical thinking’da keskin burilish, dunyoga boshqacharoq nazar.

Nega biz faqat OAV da negativni eshitamiz, dunyo biz o’ylaganchalik yomonlashib ketyaptimi, qashshoqlik darajasi rostan borgan sari yuqorilashib ketyaptimi?

Kitob muallifi Xans Rosling shunga o’xshash 13 ta savolni “Gapminder” sayti orqali 14 davlatdagi 12.000 kishidan olgan. Nafaqat test orqali balki shu davlatlarga shaxsan borib ishlagan, aholini turmush tarzini o’z ko’zi bilan ko’radi.

Va faktlarga asoslanib, dunyo aslida biz o’ylagandan yaxshiroqligini isbotlagan.

Men har 6 oyda o’qishni maqsad qildim shu kitobni. Chunki har o’qiganda yangilik beradigan kitob.

Albatta o’qing!

@byhoneybee